?Diqqat Savol Botga o'tish

Savollar arxivi

208 ta savol

Bir necha yil avval 14-mart kuni Volgograd ko‘ngilochar fanlar muzeyida bir obyektning ochilishi bo‘lib o‘tgan.
Savol: Bu obyekt qaysi harf ko‘rinishida edi?
Javobni ko'rish

π

5-avgust, 2026 · 23 ta javob · 20 ta to'g'ri
Bir fantaziya asarda bir necha yuzlab qutqaruv farishtalari otryadi bo‘lib ularning vazifasi koinotni kuzatish, ofatlarning oldini olish va yuz bergan ofatlarni bartaraf etishdir.
Savol: Farishtalarning sonini aniq yozib bering.
Javobni ko'rish

911.

4-avgust, 2026 · 15 ta javob · 8 ta to'g'ri
1973-yilda Amerika futbol qoidalari qo‘mitasi o‘yinlarda IKSni bekor qilmoqchi bo‘ladi, ammo bunday qaror qabul qilinmaydi. Sababi esa berilgan ovozlar soni teng kelib qolgan edi.
Savol: IKSni toping.
Javobni ko'rish

Durang.

4-avgust, 2026 · 23 ta javob · 15 ta to'g'ri
Buyuk Britaniyadagi supermarketlar birlashmasi Anjela Maunt ismli ayolning tilini 10 mln yevroga sug‘urta qilgan.
Savol: Anjelaning kasbini aniq yozib bering.
Javobni ko'rish

Vino Degustatori.

3-avgust, 2026 · 21 ta javob · 17 ta to'g'ri
Tadqiqotlarga ko'ra ko'proq muvaffaqiyatga erishgan sportchilar yoshligidan qo'llab quvvatlash bilan bir vaqtda raqobatga o'rgangan ekan. Shuning uchun xam Mark Uilyams va Tim Uigmorning fikricha U butun bir mamlakatning sportdagi natijalariga negativ ta'sir ko'rsatgan.
Diqqat savol: U ni ayting?
Javobni ko'rish

1 bola siyosati (1 oilaga)

3-avgust, 2026 · 17 ta javob · 8 ta to'g'ri
Javobi e'lon qilinganidan so‘ng jamoalar bemalol tanaffusga chiqishlari mumkin

Bir necha yil oldin Google kompaniyasi ALFA orqali musiqalarni qidirib topadigan mobil dasturni ishga tushirdi. 1945-yilda Uilyam Kastl tomonidan suratga olingan qo‘rqinchli filmning nomi ham ALFA edi.
Savol: ALFAni ikki so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Hushtak ovozi

2-avgust, 2026 · 21 ta javob · 13 ta to'g'ri
Bu o'yinning tarixi fir'avnlar davriga borib taqaladi, arxeologik topilmalarga tayanib, uni Qadimgi Misrda paydo bo'lganligiga ishonishadi. Ushbu o'yinning birinchi professional havaskorlar ligasi 1895 yilda AQShda tashkil topgan. Bugungi kunda dunyo bo'ylab har yili yuz milliondan ortiq o'yinchilarni birlashtirgan bo‘lib yuz mingdan ortiq turnirlar o'tkaziladi.
Britaniyada bu o'yinni Qirol Edvard II tomonidan dehqonlar o'yin maydonchalarida juda ko'p vaqtlarini sarflashadi deb taqiqlagan bo‘lsa, Nemislar esa bu o‘yinni "Butparastlarni yiqitish marosimi " deb nomlagan. Yuqorida savol matnida qaysi o‘yinga ta‘rif berilganini toping ?
Javobni ko'rish

Bouling

2-avgust, 2026 · 20 ta javob · 15 ta to'g'ri
Gollandiyalik rassom Piter Breygel Mujitskiyning asarlari ko‘plab rassomlar tomonidan ko‘chirilgan. Bir versiyaga ko‘ra, ulardan birining ustaxonasi bunday nusxalarni yaratish markaziga aylangan.
Diqqat savol: Bu rassomni maksimal aniqlikda yozib bering.
Javobni ko'rish

Kichik Piter Breygel

1-avgust, 2026 · 18 ta javob · 17 ta to'g'ri
Ingliz maqoliga koʻra, U choʻntagida ikkita dastroʻmol olib yurishi kerak. Biri oʻzi uchun ikkinchisi xonimlar uchun. U ingliz tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda kiborlarning axloq qoidalariga rioya qiluvchi mulozamatli kishi, xushmuomala va tarbiyali kishi degan ma'nolarni anglatadi.
Savol: Uni ayting.
Javobni ko'rish

Jentelmen.

1-avgust, 2026 · 26 ta javob · 23 ta to'g'ri
Bu g‘oyani amalga oshirish uchun ba’zi korxonalar uy chegarasi buzilganda it vovullashini qo‘yib beruvchi moslamalar chiqarishadi. Yaponlar pardalarga qimirlab turuvchi soya soluvchi moslama o‘ylab topganlar. Nemislarda televizor kanallarini o‘zgartiruvchi maxsus moslama bor. Bu g‘oya bilan ko‘pchiligimiz 1990-yilda chiqqan filmda tanishganmiz. Ba’zilar ushbu filmni har yili kamida bir marta ko‘radi.
Savol: Ushbu film nomini toping.
Javobni ko'rish

“Uyda yolg‘iz”.

31-iyul, 2026 · 21 ta javob · 21 ta to'g'ri
Abdurahmon Jomiy Uni “Teri yopingan olim” degan.
Savol: U nima?
Javobni ko'rish

Kitob.

31-iyul, 2026 · 22 ta javob · 22 ta to'g'ri
30. Bir filmda Gustav Solomonga shveytsar-avstriya chegarasi haqidagi tushi haqida aytib beradi. Diqqat savol: Gustav va Solomonning familiyalarini yozib bering.
Javobni ko'rish

Yung, Freyd

31-iyul, 2026 · 8 ta javob · 8 ta to'g'ri
AQSHning sobiq prezidenti Lindon Jonson favqulotda holat roʻy berganligi sababli samolyotda uchib ketayotgan vaqtida vaqtinchalik AQSH prezidenti vazifasini bajaruvchi boʻlish haqida qasamyod qiladi.
Savol: Ushbu samolyotda yana qaysi AQSH prezidenti bor edi?
Javobni ko'rish

Jon Fisjerald Kennedi.

30-iyul, 2026 · 15 ta javob · 14 ta to'g'ri
Bir filmda Gustav Solomonga shveytsar-avstriya chegarasi haqidagi tushi haqida aytib beradi. Diqqat savol: Gustav va Solomonning familiyalarini yozib bering
Javobni ko'rish

Yung, Freyd

30-iyul, 2026 · 18 ta javob · 12 ta to'g'ri
1960-yil 12-oktabrda jahli chiqqan U dastlab stolga qo'li bilan zarba beradi. Zarbalar natijasida qo'lsoati sinishi Uning battar jahlini chiqaradi va U keyin boshqacha yo'l tutadi.
Diqqat savol Uning Ism familyasini yozib bering?
Javobni ko'rish

Nikita Xrushchov

29-iyul, 2026 · 15 ta javob · 15 ta to'g'ri
O'ylashimizcha, bu yaxshi navbatchilikning boshlanishi!
"Oq uy"ning sobiq xodimi Ben Rodez fikricha, aktyor Hamfris Bogart tomonidan ijro etilgan Rik obrazi eng ideal josus obrazi ekan. Diqqat savol Rik qaysi film bosh qahramoni?
Javobni ko'rish

Kasablanka.

29-iyul, 2026 · 18 ta javob · 16 ta to'g'ri
Fransuz rassomi Siril Rolandoning “Adolat kuchi” kartinasida dor ustida ko‘zi bog‘langan qiz tasvirlangan.
Savol: Qiz dor ustida langarcho‘p o‘rnida qaysi ikki predmetdan foydalangan?
Javobni ko'rish

Qilich va tarozi.

28-iyul, 2026 · 17 ta javob · 15 ta to'g'ri
Juda ko‘p chumolilar yig‘ilgan joyda olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, chumolilar har qanday sharoitda kelishgan holda harakatlanadi. Shu sababli hatto eng katta va zich yashaydigan chumoli inlarida ham U vujudga kelmaydi.
Savol: Uni toping.
Javobni ko'rish

Tirbandlik.

28-iyul, 2026 · 17 ta javob · 12 ta to'g'ri
2022-yil 1-fevral sanasida “Sug`ur kuni” bayramini nishonlash rejasi barbod bo`ldi. Chunki Nyu-Jersida ob-havoni bashorat qilib beruvchi, bahorning qanday kelishini taxmin qiluvchi Mel ismli sug`ur shu kuni hayotdan ko`z yumdi. Bu ma`lumotni yozgan Nota bene kanali admini “Butun Amerika vahimada ekanligini” aytadi va 1970-yilda nashr qilingan asarga ishora qiladi. Diqqat savol: Bu asar nomini yozib bering.
Javobni ko'rish

Javob: “Bahor qaytmaydi”.

28-iyul, 2026 · 15 ta javob · 11 ta to'g'ri
Dilshoda Saidolimovaning “Urushdan qaytmagan bolalar” nomli kitobi muqovasida U tasvirlangan. Shuningdek, U ba’zida chala qolgan ishni ifodalash uchun qo‘llaniladigan jumla hisoblanadi.
Savol: Uni 2 so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Tishlangan non.

27-iyul, 2026 · 21 ta javob · 11 ta to'g'ri