?Diqqat Savol Botga o'tish

Savollar arxivi

202 ta savol

Detroitlik Joe Louis Vetnam urushida havo qo‘shinlarida xizmat qilgan, sug‘urta agentligida ishlagan, o‘zining shaxsiy tungi klubini ochgan, aktyorlik qilgan va hatto bokschilik qilib Nyu Meksiko shuhrat zalidan ham joy olgan. Maqolalardan birida Joe mashhur personajga qiyoslanadi.
Savol: Ushbu personaj kimligini yozib bering.
Botda javob berish
5-oktabr, 2026 · 28 ta javob
AMIR TEMUR KELINLARNI👰‍♀ QANDAY TANLAGAN⁉️😳

Amir Temur farzandlari va nabiralariga kelin tanlashda bo'lajak kelinlarga bir ishni qilishga majburlar ekan🙈, shu ishni qilishiga qarab kelinlarning "yaxshi" yoki "yomonligini" aniqlagan ekan.

⁉️ Diqqat Savol: Gap qanday ish haqida ketyapti?
Javobni ko'rish

Non yopish

5-oktabr, 2026 · 38 ta javob · 17 ta to'g'ri
Damashq shahridan 50 km janubda joylashgan shia musulmonlar masjidida U joylashgan, va ziyoratchilar ko‘p kelishining asosiy sababidir.
Diqqat savol: Uni bir xil harfdan boshlanmaydigan ikki so‘zda yozib bering?
Javobni ko'rish

Hobilning qabri.

5-oktabr, 2026 · 8 ta javob · 8 ta to'g'ri
Bunday odamlar yer sharida kam topiladi. Ular bizdan anchagina farqliligi bilan ajralib turishadi. Amerika qonunlariga ko‘ra bunday odamlardan biri qasddan jinoyat qilganda ham ular hech qanday axloq tuzatish kaloniyasiga ham, qamoqqa ham jo‘natilmaydi, negaki bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson huquqlarini poymol qilish hisoblanadi.
Savol: Bunday insonlarning eng mashhurlari qaysi davlatda ko‘p uchraydi?
Javobni ko'rish

Tailand.

5-oktabr, 2026 · 17 ta javob · 10 ta to'g'ri
Napoleon ham, Karl XII ham bu ishni uyat deb bilishgan. Shu sabab hech qachon bu ishni qilishmagan ekan. Bu ishni qilishning uzoq va yaqin turlari bor.
Savol: Qanday ish haqida gap bormoqda?
Javobni ko'rish

Rokirovka qilish.

5-oktabr, 2026 · 29 ta javob · 19 ta to'g'ri
Ford bir necha yillardan oldin Yevropa Chempionlar Ligasi homiylaridan biri hisoblanardi. Hatto bir qator reklama roliklari ham borki, ularda futbol o'yini epizodlari avtomobil so'zlari bilan birga keladi. Xullas, videolarning birida qoidani qo‘pol ravishda buzish sahnasi – yugurayotgan futbolchini orqadan futbolka bilan ushlab olishi – ma’lum bir avtomobil mexanizmi nomi bilan izohlanadi. Ushbu mexanizm nomini ikki so'z bilan yozing.‌‌
Javobni ko'rish

qo`l tormozi

5-oktabr, 2026 · 19 ta javob · 19 ta to'g'ri
XIX asrda past tabaqali insonlar orasida organizmni zararli moddalardan tozalash maqsadida iste’mol qilinuvchi surma metall tabletkalari asrlar davomida qayta qayta foydalanilganli sababli xalq orasida Shunday nomini olgan. 2021-yil Xloy Zao rejissorligida ekranlarga chiqqan film qahramonlari ham Shunday edi.
Savol: Qaysi so‘zni Shunday so‘zi bilan almashtirdik?
Javobni ko'rish

Abadiy.

4-oktabr, 2026 · 26 ta javob · 25 ta to'g'ri
1889-yili IKS yaratilishidagi ma'lum vazifani astronomiya kafedrasi mudiri Manuel Perreyra Reis bajargan. Diqqat savol: IKSni bir xil harflardan boshlanuvchi ikki so'zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Braziliya bayrog'i

4-oktabr, 2026 · 19 ta javob · 18 ta to'g'ri
Дуплет саволида иккита савол берилади. Ҳар бир саволни ўйлаш учун 30 сония вақт берилади. Ҳар иккала саволга тўғри жавоб топган жамоагагина бир балл берилади. Саволлардан бирига тўғри жавоб берилиб иккинчисига тўғри жавоб берилмаса дуплет саволи учун балл берилмайди. Эслатиб ўтамиз дуплетнинг ҳар иккала саволининг жавоби битта жавоб варағига ёзилиши шарт.

Дуплетнинг биринчи саволи.
1. Плантагенетлар даврида БУ лавозимнинг энг машҳур вакиллари Ноттингем графлигида яшашган. Англияда эса улар маъмурий бошқарув тизимидан ташқари, жиноий қидирувга ҳам раҳбарлик қилишади.
Савол: Бу лавозимни топинг?
Javobni ko'rish

Шериф

4-oktabr, 2026 · 29 ta javob · 29 ta to'g'ri
Ўтган асрнинг охирида Нью-Джерси штатида бир жиноятчилар гуруҳи пайдо бўлган эди. Уларни одамлар орасидан осон ажратиб олиш мумкин бўлган, яъни шимининг ўнг почаси чапига нисбатан калтароқ бўлган.
Савол: Ушбу жиноятчилар асосан нима ўғирлашган?
Javobni ko'rish

Жавоб: Велосипед ўғрилари.

4-oktabr, 2026 · 26 ta javob · 24 ta to'g'ri
Диққат, саволда У сўзи билан ИККИ сўз алмаштирилган.
Ҳозирда бирор мамлакатнинг ҳудудий сувлари деб, қирғоқдан 12 милъ узоқликдаги масофагача бўлган ҳудуд ҳисобланади. Аввалари, бу масофа атиги 3 милъни ташкил қилган. Бунга сабаб эса, УЛАРнинг етиб бориш узоқлиги айнан шунча масофа билан чекланиб қолганлигида экан. 1971-йилдаги машхур манбада, У “кийим фабрикасидан” сўнг тилга олинади.
Савол: УНИ икки сўз билан ёзиб беринг.
Javobni ko'rish

Замбаракнинг ўқи.

4-oktabr, 2026 · 17 ta javob · 13 ta to'g'ri
Tohir Malikning asaridan parchani tinglang: “Ilgari zamonlarda odamlar chorva kirib, ekinni payhon qilmasin deb UNI o'ylab topishgan. Keyinchalik U odamlarni bir-biridan ajratgan”. O’tgan asrda bir poytaxtdagi UNDA “Trabant” avtomobilining tasvirini ko‘rish mumikin edi.
Savol: U o‘rnidagi bir so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish

Devor

3-oktabr, 2026 · 12 ta javob · 12 ta to'g'ri
Geografiya fani rivojlanishining eng cho’qqisini ko’rsatuvchi Xni topish amerikalik John Uebshir ekspeditsiyaga armon bo’lib qoldi: ekspeditsiya yuqori aniqlikni oldi-yu, Xni topa olmadi. Ammo norveg Rual Amudsen X ni topib fan olamining moziy kitobiga o’z nomini o’chmas qilib muxrlagan. Diqqat savol X nima.
Javobni ko'rish

Yer shari qutblari koordinatalari.

3-oktabr, 2026 · 27 ta javob · 25 ta to'g'ri
“Suyunchi” filmida Anzirat ona nafaqat o‘z oilasida, balki butun qishloqda tartib o‘rnatishga harakat qiladi. Qishloqdoshlarining befarqligiga chiday olmay ularni tergab turadi. Film so‘ngida uning o‘limidan so‘ng esa qishloq huvillab qolgach, qishloqdagilar va rais “Anzirat ona qishloq IKSI bo‘lganini” ta’kidlashadi. Abdulla Avloniy fikricha, IKS insonning aql va fikrini haqiqiy mezoni bo‘lib, bu tarozu ila odam oʻz kamchiliklarini bilib olishi mumkin.
Savol: IKSni bir so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Vijdon.

3-oktabr, 2026 · 36 ta javob · 33 ta to'g'ri
Yurtimizda ishlab chiqariluvchi Uni bir kasb egalari temir va nikel orasida deyishadi.
Savol: Uni toping.
Javobni ko'rish

Cobalt.

3-oktabr, 2026 · 20 ta javob · 17 ta to'g'ri
Marlen Ditrix fikricha, ayollar sumkasini hashamat belgisi deb hisoblovchi erkaklarni keyingi hayotida og’ir jazo kutadi. Ular keyingi hayotida X bo‘lib dunyoga kelishadi va o‘limidan so‘ng qimmat hashamat belgili narsaga aylanishadi.
Savol: Mashhur multiplikatsion X ning ismini toping.
Javobni ko'rish

Gena.

3-oktabr, 2026 · 11 ta javob · 9 ta to'g'ri
Мавзу: велосипедлар
1. Велосипед мавзусидаги 1-савол: Велосипед хайдовчиси бошқа транспортларга қӯллари ёрдамида белги беради. Масалан кета туриб қӯлини осмонга кӯтариб атрофдагиларга келгуси харакатини билдиради. Бу халқаро келишилган норма бу.
Савол, бу билан у қандай белги беради?
Javobni ko'rish

Ўнг қӯлини ёнга очса ӯнгга бурилмоқчилигини, чап қӯлини чап томонга очса чап томонга бурилишини англатади. Велосипедчи хохлаган бир қӯлини тепага кӯтарса тӯхташини билдиради.

3-oktabr, 2026 · 36 ta javob · 31 ta to'g'ri
Savol matnidagi bir so‘zda 4 harf tushirib qoldirilgan.
Nyu-Yorklik bir erkak mustaqil ravishda o‘z jufti uchun TERIDAN uzuk yasagan. Qattiq materialni zararlanmasligi uchun ishlarni juda sekin, ikki oy davomida, umumiy 35-40 soat davomida judayam ehtiyotkorlik bilan olib borishga to‘g‘ri keldi. Uzuk o‘lchamini xato hisoblagani uchun uzukning bir cheti kemtik bo‘lib qolgan.
Savol: Harflari tushirib qoldirilgan so‘zni to‘liq holatda yozib bering.
Javobni ko'rish

Meterorit.

3-oktabr, 2026 · 19 ta javob · 18 ta to'g'ri
Vokrug sveta jurnalida yozlishicha Uch mushkityorning mashhur iborasi rossiyada romanning ruscha tarjimasi paydo bo'lishidan ancha oldin bo'lgan deyiladi va iborani ma'lum bir kasb egalari orasida ishlatilgan degan taxminlar bor.Savol muallifi Gaz-24 rusumli avtomashinaning orqa tomonida bir guruh odamlar tasviri tushirilgan fotosuratni X dagi Y ga o'xshatadi va 1873yildagi asarni esga oladi.
Diqqat savol:Siz bizga X va Y ni emas 1873 yildagi asar mualiffini ayting.
Javobni ko'rish

Ilya Repin

2-oktabr, 2026 · 34 ta javob · 31 ta to'g'ri
U haqidagi bir asarda inqilobdan keyin 200 yil o'tib vujudga kelgan jamiyat ko'rsatiladi. Bu jamiyatda Xalqaro patent byurosi kuchli ta'sir doirasiga ega va yangi ixtirolar uchun patent olishning imkoni deyarli yo'q. Boshqa bir asarda inqilobdan keyin yangi din va jamiyat yuzaga keladi. Bu jamiyatning diniy ramzi bolg'a hisoblanadi. Chunki U bolg'adan foydalangan. Savol matnida bir so'zda 3 ta harf tushirib qoldirildi. Diqqat savol: O'sha so'zni asl holida yozib bering.
Javobni ko'rish

Ludd.

2-oktabr, 2026 · 36 ta javob · 30 ta to'g'ri