?Diqqat Savol Botga o'tish

Savollar arxivi

208 ta savol

"Politsiya befarq edi, o't o'chirish brigadalari esa birorta ham yonayotgan uyga yaqinlashishmadi. Ko'chalar va trotuarlar yong'in va chiroqlar nurida yaltirab turgan oyna parchalari bilan qoplangan edi". Mazkur iqtiboz 20-asr birinchi yarmida yuz bergan bir voqeaga bag'ishlangan maqoladan olingan.
Diqqat savol! Ta'riflangan voqealar tarixga qanday nom ostida kirganligini ikki yoki uch so'z bilan yozib bering.
Javobni ko'rish

"Singan vitrinalar tuni"

27-iyul, 2026 · 15 ta javob · 11 ta to'g'ri
AQShdagi shaharchalarga eng koʻp qoʻyilgan nom bu Springfield. Shuning uchun multiplikator Mett Grouning Ularning qayerdaligini hech kim “topa olmasligi” uchun shu nomni tanlagan.
Savol: Ular deganda qaysi oila nazarda tutilmoqda?
)
Javobni ko'rish

Simpsonlar

26-iyul, 2026 · 16 ta javob · 14 ta to'g'ri
Aleksandriya kutubxonasi haqidagi ma’lumotlarda yozilishicha, kutubxona bir necha marta yoqib yuborilgan. Masalan, VII asrda xalifa Umar tomonidan, IV asrda nasroniylar tomonidan, miloddan avvalgi 48-yilda esa shu inson tomonidan tasodifan yoqib yuborilgan, lekin "Afrika jangi haqida xotiralar"ida bu voqea yozilganmi, yo'qmi buni bilmadik.
Diqqat savol:Bu insonni toping?
Javobni ko'rish

Yuliy Sezar

26-iyul, 2026 · 14 ta javob · 13 ta to'g'ri
Jontemir Jondor ijodidan to‘rtlikni tinglang:
Ketayapman oʻzimdan qochib,
Xuddi Siz dumalatgan tosh.
Bagʻrim choʻkkan qabrday ochiq,
Qarogʻimda harom qotgan yosh...
Savol: Biz she’rdagi bir so‘zda harflar tushirib qoldirdik, siz o‘sha harflarni joyiga qo‘yib so‘zni to‘liq yozib bering.
Javobni ko'rish

Sizif

25-iyul, 2026 · 14 ta javob · 10 ta to'g'ri
IKKINCHI TUR, BESHINCHI SAVOL!

Yurtimizdagi telekanallardan birida olib borilayotgan jonli efir paytida, studiyadagi jurnalist bilan bog'langan korrespondent, aloqaning sifatining yomonligi sababli, ko'p bora BU ISHNI qiladi.

Diqqat savol: Siz ham o'z javob varaqangizda BU ISH ni qilib bering! VAQT KETDI!!!
Javobni ko'rish

Javob: [Oldingi savolning javobi yoziladi]

25-iyul, 2026 · 17 ta javob · 5 ta to'g'ri
Benfikaning aktiv muxlislari haqidagi maqola “107 U” deb ataladi.
Savol: Uni bir so‘z bilan yozib bering.
Javobni ko'rish

Detsibel.

24-iyul, 2026 · 12 ta javob · 4 ta to'g'ri
X - tasodifiy muvaffaqiyatga erishish uchun tavakkal qilingan, shubhali faoliyat; haqiqiy imkoniyatni hisobga olmasdan ishga kirishish. Ammo bobomiz Alisher Navoiy o'zining buyuk asarini, ya'ni Xamsani yozishni boshlaganda X haqida o'ylamagan ham. Chunki bobomiz Xamsasini Y bilan boshlagan ekan. Balki shuning uchun asar mashhurlikka erishgandir.

Diqqat savol: X ni emas Y ni bir necha so'zlarda yozib bering.

Yordam sifatida aytishim mumkinki bu savol asli 1-savol bo'lishi kerak edi.

Savol muallifi: Abduxalil
Bizga yubordi: Abduxalil
Javobni ko'rish

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

24-iyul, 2026 · 13 ta javob · 11 ta to'g'ri
Stiven King asari voqealari 1970 yillarda yuz beradi. Geyger o’lchagichi yo’qligi sababli, Politsiya xodimi obyektning radoiaktiviligini tekshirish uchun, patrul mashinasidagi bir predmetdan foydalanadi. Diqqat savol: predmet nomini yuqori aniqlikda yozib bering.
Botda javob berish
24-iyul, 2026 · 19 ta javob
Квазарлар — коинотдаги жуда ёрқин объектлар бўлиб, уларнинг ёруғлиги одатда бир неча минглаб юлдузларнинг ёруғлигидан ҳам кучли бўлади ва жуда узоқ масофалардан ҳам бемалол кўриниб туради. Астрономияда квазарларни кўпинча “коинот ИКСлари” дейишади. ИКСлар орасида энг машҳури милоддан аввалги 279 йилларда Фарос оролида қурилган бўлиб, зилзила оқибатида вайрон бўлган.
Савол: Ўша машҳур ИКС кимнинг шарафига номланган эди?
Javobni ko'rish

Александр Македонский.

23-iyul, 2026 · 20 ta javob · 16 ta to'g'ri
УЛАР ҳақида шундай япон топишмоғи бор: “Тоққа элтувчи йўл бўйлаб қўлқоплар тўкилиб ётар”.
УЛАРДАН бирини бир давлат рамзида учратиш мумкин.
Савол: Қайси давлат?
Javobni ko'rish

Канада

22-iyul, 2026 · 19 ta javob · 16 ta to'g'ri
Bir latifaga koʻra, biologiya fanida berilgan bu savolga oʻquvchi shunday javob beradi: chunki afrikaliklar ham farzand koʻrishni xohlashadi.
Savol: Qaysi savol?
Javobni ko'rish

Nima uchun laylaklar kuzda issiq mamlakatlarga uchib ketadi.

22-iyul, 2026 · 15 ta javob · 7 ta to'g'ri
Drezdenning “Dinamo” jamoasi va “Magdeburg” jamoalari o’rtasidagi futbol matchini nemislar EL CLASSICOSI deb ataydi. Biz savol matnida qaysi ikki harfni tushirib qoldirdik?
Javobni ko'rish

BA.

21-iyul, 2026 · 15 ta javob · 9 ta to'g'ri
Tarqatma material!

Oktoberfest

Tarqatma materialda siz har yili oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan dasturchilarning ochiq kodli dasturiy ta’minotlar bayrami nomini ko‘rib turibsiz. Biz bayram nomidagi 3 harfni bir harfga almashtirdik.
Savol: Bayram nomini asl holida yozib bering.
Javobni ko'rish

Hacktoberfest.

21-iyul, 2026 · 10 ta javob · 10 ta to'g'ri
1915-yilda A, B va C birlashib, o‘zaro nifoqlarni tugatishga qaror qilishdi, hamda “ABC kelishuvi” ni imzolashdi.
Savol: A, B, C ni toping.
Javobni ko'rish

A – Argentina, B – Braziliya, C – Chili.

21-iyul, 2026 · 11 ta javob · 10 ta to'g'ri
Mashhur Tayvan osmono‘par binosi Taybey 101 ning rekordlari orasida quyidagi ham mavjud: Yangi yil arafasida SHUNDAY funksiyali eng katta soat.
Savol: Qanday funksiyaligini ikki so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Teskari sanaydigan.

21-iyul, 2026 · 12 ta javob · 12 ta to'g'ri
Бу алломадан: “Сиз билимдонроқми ёки Арасту?” – деб сўрашганида, у киши: “Агар Арасту замонларида яшаганимда, у кишининг катта шогирдларидан бири бўлар эдим”, – деб жавоб берган эканлар.
Савол: Бу аллома ким?
Javobni ko'rish

Абу Наср Форобий.

20-iyul, 2026 · 5 ta javob · 15 ta to'g'ri
Amerikalik boks nazariyotchisi Kas D’Amato tomonidan o‘ylab topilgan IKS nomli boks uslubida, bokschi qo‘llari ortida yashirinib himoyalanishi va yon tomonlarga chayqalishi orqali o‘zini ko‘rsatib zarba berishi kerak. Boshqa bir IKSga esa 2009-yil Maksim Xryashev tomonidan asos solingan.
Savol: IKSni chet tilidagi so‘z bilan yozib bering.
Javobni ko'rish

Pikabu

0 ta javob · 11 ta to'g'ri
Keyingi savolda tarqatma material bor.
Aslida savol ikki qismdan iborat edi, lekin siz savolni yaxshi eslab qolishingiz uchun biz uni oxrigacha o’qimaslikka qaror qildik.
wordsmith.hk saytining “Cliffhanger sizning marketingingizni qanday yaxshilashi mumkin” nomli maqolasida ushbu litvalik inson eslab o’tiladi. Diqqat savol: Ushbu litvalik insonni familyasini yozib bering.
Javobni ko'rish

Zeygarnik

0 ta javob · 7 ta to'g'ri
AQSHda ishlab chiqariladigan bir maxsus uskunalar faqat tez tibbiy yordam, polisiya va o‘t o‘chirish xizmatlariga beriladi. Ular bu uskunalar yordamida yo‘ldagi bir qurilmani o‘zgartirishlari mumkin. AQSH yo‘l xizmatiga javobgar muassasalar ushbu uskuna oddiy insonlar qo‘liga tushib qolishidan xavfsirashadi.
Savol: Ushbu bu uskunadan nima maqsadda foydalanishadi?
Javobni ko'rish

Svetoforning chirog‘ini o‘zgartirishda.

0 ta javob · 4 ta to'g'ri
IKKINCHI TUR, O’N BIRINCHI SAVOL!
2009-yilda suratga olingan film 1955-yilda Mkxondo provinsiyasida tug'ilgan Sandra Leyng hayoti haqida hikoya qiladi. O'zining akasi Leon bilan o'qishga borishda qarshilikka uchragan test natijasida boshqa maktabga borishga majbur bo'ladi.
Diqqat savol: Bu test nimani aniqlashga yordam bergandi?
Javobni ko'rish

Javob: Sandraning irqini aniqlashga.

0 ta javob · 0 ta to'g'ri