?Diqqat Savol Botga o'tish

Savollar arxivi

203 ta savol

“Yashil milya” filmidagi maxbus Jon Koffri roli bilan mashxur aktyor Maykl Klark Dunkan “Sorvigolova” filmidagi salbiy qahramon Uilson Fisk (Kingpin) roliga taklif etilganida u ikkita muammoga duch keladi. Ularning birinchisi, bu baqaloq jinoyatchi roli uchun u qo’shimcha 18 kilogramm vazn yig’ishi kerak edi.
Diqqat savol. Ikkinchi muammo qanday ekanligini yozib bering.
Javobni ko'rish

Oq tanli jinoyatchi rolini o’ynashi.

12-avgust, 2026 · 19 ta javob · 15 ta to'g'ri
XX asr boshlarida ilk tikuvchilik fabrikalari ochilib, ko‘p miqdorda kiyimlar ishlab chiqarila boshlandi. Bu fabrikalarda tikuvchilik bilan shug‘ullanmaydigan, bir burchakda qandaydir qog‘ozni qaychi bilan kesishga urinuvchi ishchilar ham bor edi. Ular fabrika uchun juda muhim bo‘lgan.
Savol: Ular qaysi ishga javobgar bo‘lishgan?
Javobni ko'rish

Qaychilarni o‘tkir saqlashga.

12-avgust, 2026 · 21 ta javob · 7 ta to'g'ri
Bir filmda mijozlari faqat qog'ozda boy bo'lishi mumkinligini aytar ekan broker Alfani eslab o'tadi. ALfalar paydo bo'lishiga ba'zan ona qornida egizaklardan birining erta nobud bo'lib tirigiga so'rilib ketishi, ba'zan qizil suyak iligi ko'chirib o'tkazilish sabab bo'ladi. Afsonalarga ko'ra Turkiyadagi Yanartash mo'jizasi Alfaning tili yerga tushganidan paydo bo'lgan ekan.
Diqqat savol: Alfani bir so’zda toping.
Javobni ko'rish

Ximera

11-avgust, 2026 · 19 ta javob · 18 ta to'g'ri
Bir karikaturada Yeti (qor odam) va darts o‘yini uchun moslashtirilgan IKSlar tasvirlangan. IKSlar haqida gapirganimizda bir taomni ham esga olamiz.
Savol: IKSni yozib bering.
Javobni ko'rish

Sumalak.

11-avgust, 2026 · 24 ta javob · 20 ta to'g'ri
Buyuk sarkardalardan biri tavallud topgan BU shaxarga qadimda “Dilkash shaxar”, “Qubbat al-ilm va al-adab” kabi sifatlar berishgan. Mashxur musiqiy guruh ham bu shaxarga bag‘ishlab qo‘shiq kuylagan. Shaxar nomi esa “yashil shaxar” degan ma’noni anglatadi.
Savol: Qaysi shaxar haqida so‘z bormoqda?
Javobni ko'rish

Shaxrisabz.

10-avgust, 2026 · 27 ta javob · 25 ta to'g'ri
Fransiyalik aniq fanlar tadqiqotchisi Jorj Buffon fikriga koʻra, barcha mavhum narsalar orasida IKS bizga eng kam tegishli va bizga IKS doimiy yetishmaydi.
Savol: IKSni yozib bering! “Vaqt” ketdi.
Javobni ko'rish

Vaqt.

10-avgust, 2026 · 23 ta javob · 22 ta to'g'ri
Ulyanovsk shahrida joylashgan bir muassasada aka-ukalar Lui va Ogyust nomiga qo‘yilgan 2 ta zal mavjud.
Savol: Bu qanday muassasa ?
Javobni ko'rish

Kinoteatr.

9-avgust, 2026 · 19 ta javob · 19 ta to'g'ri
Айтишларича, 19 асрда бу инсоннинг лабораториясида ўқланган қурол сақланган экан. Агар бу одамнинг ўзи ёки ходимларидан бири билан бир салбий ҳолат юз берса, уни дарҳол отиб ташлашга кўрсатма бўлган.
Савол: Бу инсон кимлигини айтинг?
Javobni ko'rish

Луи Пастер.

9-avgust, 2026 · 18 ta javob · 13 ta to'g'ri
Nemis ijodkori Hans Himmert urushlarga qarshi ekanini bildirish uchun ULARdan tank yasaydi. Haruki Murakami esa, biror kishi bilan suhbatlashayotganda hayoli turli joylarda uchib yurishini bog'ichsiz U deydi. Uni bir soʻzda ayting.
Javobni ko'rish

Shar

8-avgust, 2026 · 20 ta javob · 16 ta to'g'ri
Savol matnidagi bir so'zda bir necha harflar tushurib qoldirilgan.
"Uy"ni Ibn Sino me'dani mustahkamlaydigan, nafas olishni yengillashtiradigan deb tavsiflagan."Uy"ning qizil, ko'kish, oqish va qoramtir-qo'ng'ir ranglilari mavjud.
2017-yil ekranlarga chiqqan filmda Sofiya Butella "Uy" edi.
Diqqat savol: harflari tushurib qoldirilgan so'zni o'z holida yozib bering.
Javobni ko'rish

Mumiyo

8-avgust, 2026 · 17 ta javob · 17 ta to'g'ri
Nemis yozuvchisi Helmut Xyofling o‘zining Sahroi Kabir cho‘li haqidaги “Do‘zaxdan issiq” hujjatli kitobida ULAR dengiz kasalligini keltirib chiqarishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlaydi.
Savol: ULARni bir so‘z bilan yozib bering.
Javobni ko'rish

Tuyalar.

7-avgust, 2026 · 16 ta javob · 13 ta to'g'ri
Ruanda mamlakatidagi mehmonxonada menedjer bo'lib ishlagan Pol Rusesabagina 1000 dan ortiq tutsilarni garchi o'ziga xatarli bo'lishiga qaramay, o'z mehmonxonasiga joylashtiradi. 2004-yilda suratga olingan ,,Ruanda mehmonxonasi" filmi yuqoridagi voqea asosida yaratilgan. Diqqat savol: ,,Ruanda mehmonxonasi" filmi haqidagi wikipedia maqolasida 1993-yilda ishlangan qaysi filmga havola mavjudligini yozib bering?
Javobni ko'rish

Shindler ro'yxati

7-avgust, 2026 · 19 ta javob · 18 ta to'g'ri
Chak Palanik qahramoni aytishicha "Og'zingga pistolet tiralganda faqat ularni aytish mumkin". Bir maqolaga ko'ra Artyur Remboning "Ular"i grafema-colorli Sinesteziya oqibati bo'lishi mumkin ekan.
Javobni ko'rish

Unlilar

6-avgust, 2026 · 17 ta javob · 16 ta to'g'ri
Rus masallaridan birida IKS IGREKga ,,Sening hayoting og‘ir. Qo‘ygin, shuncha jon kuydirib nima qilasan. Men kabi hayotdan rohatlan” deb o‘zicha nasihat qiladi. IGREK esa IKSning beg‘amligidan tashvishga tushadi. Mashhur sportchilardan biri o‘z siri haqida gapirar ekan IKSni ham IGREKni ham eslab o‘tadi. D/S: O'sha qirol kim edi?
Savol: O‘sha sportchi kim?
Javobni ko'rish

Muhammad Ali.

6-avgust, 2026 · 22 ta javob · 10 ta to'g'ri
ИКСнинг тиббиётда қўлланилишига бағишланган мақолада айтилишича, Хитойда “биан” деб аталадиган ўткир учли майда тошлар ишлатилган.
Савол: ИКСни лотинчадан келиб чиққан бир сўз билан ёзиб беринг.
Javobni ko'rish

Акупунктура.

5-avgust, 2026 · 20 ta javob · 17 ta to'g'ri
Bir necha yil avval 14-mart kuni Volgograd ko‘ngilochar fanlar muzeyida bir obyektning ochilishi bo‘lib o‘tgan.
Savol: Bu obyekt qaysi harf ko‘rinishida edi?
Javobni ko'rish

π

5-avgust, 2026 · 23 ta javob · 20 ta to'g'ri
Bir fantaziya asarda bir necha yuzlab qutqaruv farishtalari otryadi bo‘lib ularning vazifasi koinotni kuzatish, ofatlarning oldini olish va yuz bergan ofatlarni bartaraf etishdir.
Savol: Farishtalarning sonini aniq yozib bering.
Javobni ko'rish

911.

4-avgust, 2026 · 15 ta javob · 8 ta to'g'ri
1973-yilda Amerika futbol qoidalari qo‘mitasi o‘yinlarda IKSni bekor qilmoqchi bo‘ladi, ammo bunday qaror qabul qilinmaydi. Sababi esa berilgan ovozlar soni teng kelib qolgan edi.
Savol: IKSni toping.
Javobni ko'rish

Durang.

4-avgust, 2026 · 23 ta javob · 15 ta to'g'ri
Buyuk Britaniyadagi supermarketlar birlashmasi Anjela Maunt ismli ayolning tilini 10 mln yevroga sug‘urta qilgan.
Savol: Anjelaning kasbini aniq yozib bering.
Javobni ko'rish

Vino Degustatori.

3-avgust, 2026 · 21 ta javob · 17 ta to'g'ri
Tadqiqotlarga ko'ra ko'proq muvaffaqiyatga erishgan sportchilar yoshligidan qo'llab quvvatlash bilan bir vaqtda raqobatga o'rgangan ekan. Shuning uchun xam Mark Uilyams va Tim Uigmorning fikricha U butun bir mamlakatning sportdagi natijalariga negativ ta'sir ko'rsatgan.
Diqqat savol: U ni ayting?
Javobni ko'rish

1 bola siyosati (1 oilaga)

3-avgust, 2026 · 17 ta javob · 8 ta to'g'ri