Bosh sahifa › Qo'llanma
Diqqat Savol qo'llanmasi
Butun tizim bitta sahifada: savollar, ballar, turnir, do'kon, guruh o'yinlari va boshqalar. Qisqa varianti — Qoidalar.
Diqqat Savol nima?
Diqqat Savol — Telegramdagi intellektual o'yin. Har kuni kanalda yangi Zakovat savoli chiqadi, siz javobni botga yozasiz va to'g'ri javob uchun ball olasiz. Ballarni do'konda sertifikat, pul mukofoti va boshqa sovg'alarga almashtirasiz.
Tizim uch qismdan iborat: kanal (savollar va natijalar), bot @Diqqat_Savol_roBot (javob berish, ball, do'kon) va shu sayt (reyting, natijalar, arxiv).
Qanday boshlash
- Botni oching va
/startbosing — menyu chiqadi, kunlik bonus olasiz. - Kanalga a'zo bo'ling: Diqqat Savol kanali (majburiy emas, lekin yangiliklar shu yerda).
- Kanaldagi savol ostidagi «✍️ Javob berish» ni yoki botdagi bildirishnomani bosing va javobingizni yozing.
Savollar va javoblar
Har kuni soat 06:00, 18:00 va 20:00 da yangi savol chiqadi. Keyingi savol chiqqanda oldingisi yopiladi. Har savolga bir marta to'g'ri javob berish mumkin.
🧩 Kunlik test — har kuni 08:00 da kanalda 4 variantli oson savol chiqadi. Post ostidagi tugmani bosasiz: to'g'ri bo'lsa, darhol +5 ball. Har kimga bitta urinish; test ertasi kuni yopiladi. Natijangiz — botda «👤 Mening statistikam» da, kim to'g'ri topgani — kunlik natijalarda.
Javobingizni sun'iy intellekt soniyalar ichida tekshiradi: ma'no to'g'ri bo'lsa (imlo, lotin/kirill, so'z shakli farq qilsa ham) — darhol ball beriladi. Shubhali javoblarni admin ko'radi. Ko'p javob bir vaqtda kelsa, tekshiruv bir necha daqiqa kechikishi mumkin — natija botga o'zi keladi.
Savol yopilgach, kanaldagi «Javobni ko'rish» tugmasi orqali to'g'ri javobni bilib olasiz. Barcha yopilgan savollar va javoblar — savollar arxivida.
Ball tizimi
- ✅ To'g'ri javob: +10
- ⚡ Birinchi 3 ta to'g'ri javob: yana +5
- 🔥 Seriya bonusi: +3…+15 (pastda)
- 🧩 Kunlik test (08:00): +5
- 🎁 Kunlik bonus: har kuni birinchi kirishda +5
- 👥 Do'st taklifi: +250, do'stingizga +50
- 🎲 Guruh o'yinlari: +2…+5, kuniga 30 ballgacha
- ➕ Botni guruhga qo'shish: +30, bot 24 soat qolsa yana +30
- 🏆 Haftalik turnir: +300 / +200 / +100
Barcha ballar bitta hisobga tushadi va botdagi «👤 Mening statistikam» da ko'rinadi.
Seriya
Seriya — ketma-ket to'g'ri javoblar soni. U oshgani sari har to'g'ri javobga qo'shimcha bonus beriladi (+3 dan +15 gacha).
Seriya bir kalendar kun davomida birorta ham to'g'ri javob bermasangiz 0 ga tushadi. Shuning uchun seriyasi 3 va undan katta bo'lganlarga, agar o'sha kuni hali javob bermagan bo'lsa, soat 21:00 da eslatma keladi.
Natijalar, reyting va turnir
Har kuni 06:00 da kanalda kechagi kunning to'liq natijasi chiqadi: har bir savol, javob, nechta odam topgani va kun g'oliblari. Batafsil — natijalar sahifasida (kim, qachon, necha ball).
Umumiy reyting hozirgi ball bo'yicha tuziladi; hafta va oy bo'yicha ham ko'rish mumkin.
🏆 Haftalik turnir: har dushanba o'tgan haftaning (dushanba–yakshanba) savollar uchun eng ko'p ball to'plagan 3 kishisi kanalda e'lon qilinadi va sovg'a oladi: 🥇 +300 · 🥈 +200 · 🥉 +100 ball. Turnirda faqat savollar uchun olingan ball (javob, tezlik, seriya) hisoblanadi.
Bildirishnomalar
Bot sizni bezovta qilmaydi: har savol haqidagi xabarlar odatda o'chiq, xohlasangiz yoqasiz.
- 🔔 Yangi savol (yoqsangiz) — har savol botga o'zi keladi, «✍️ Javob berish» tugmasi bilan; 21:00 da seriya eslatmasi ham shu yerga.
- 📅 Qisqa eslatma (yoqmaganlar uchun) — faol o'yinchilarga haftasiga, qolganlarga oyiga bir marta: balans, haftalik natija va hozirgi savol.
- 🏆 Turnir g'olibligi, do'kon buyurtmalari va javobingiz natijasi haqida xabarlar.
Yoqish va o'chirish — botda «👤 Mening statistikam» yoki xabar ostidagi tugmalar orqali.
Do'kon
Botda /dokon yoki menyudagi «🛒 Do'kon». «⚡ darhol» mahsulotlar bir zumda beriladi; «👮 admin tasdiqlaydi» mahsulotlarni admin ko'rib chiqadi — rad etilsa, ball to'liq qaytadi.
- 💡 Ishora (hozirgi savolga)20 ball
Kanaldagi hozirgi savol javobining birinchi harfi va harflar soni (masalan «N _ _ _ _ _ _ _ _»). Har savolga bitta; savolga javob bergan bo'lsangiz yoki ochiq savol bo'lmasa sotilmaydi. ⚡ darhol
- 🎖 "Bilimdon" nishoni (30 kun)100 ball
30 kun davomida reytingda ismingiz yonida 🎖 belgisi. Qayta olsangiz, muddat uzayadi. ⚡ darhol
- 🎭 Taxallus (ismingizni yashirish)150 ball
Hamma ommaviy joyda haqiqiy ismingiz o'rniga siz tanlagan taxallus ko'rinadi. Admin nojo'ya taxallusni rad etsa, ball qaytariladi; haqiqiy ismga qaytish bepul. ⚡ darhol
- 📣 Kanalda shaxsiy e'lon300 ball
Kanalda siz yozgan shaxsiy e'lon (tabrik, salom va hokazo). Admin ko'rib chiqadi. 👮 admin tasdiqlaydi
- 📜 Faol ishtirok sertifikati777 ball
Bot darhol chizib yuboradigan 512×512 sertifikat rasmi: ismingiz, javoblaringiz va ballaringiz bilan. Har birining raqami bor va saytda tekshiriladi. ⚡ darhol
- 📝 O'z savolingiz kanalda500 ball
O'z Zakovat savolingiz va javobini yuborasiz. Admin ma'qullasa, navbatdagi vaqtda kanalda «✍️ Savol muallifi: …» bilan chiqadi. Rad etilsa, ball qaytadi. 👮 admin tasdiqlaydi
- 📱 Mobil hisobga 5 000 so'm1 000 ball
Mobil hisobingizga 5 000 so'm. Admin o'tkazadi. 👮 admin tasdiqlaydi
- 🏅 Admindan maxsus sertifikat4 000 ball
Admin tomonidan alohida tayyorlanadigan maxsus sertifikat. 👮 admin tasdiqlaydi
- 💵 35 000 so'm pul mukofoti5 000 ball
35 000 so'm pul mukofoti. Admin siz bilan bog'lanib o'tkazadi. 👮 admin tasdiqlaydi
Guruh o'yinlari
Botni sinf, kurs yoki do'stlar guruhiga qo'shing (bir bosishda) — bot o'sha yerda o'yin o'tkazadi:
/savol— 🧠 Zakovat (+5, 3 daqiqa)/hisob🔢 tez hisob ·/soz🔤 so'z topish ·/poytaxt🌍 poytaxtlar (+2, 45 soniya)/test— 🧩 kanalda chiqqan testlar, javob tugma bilan (+2)/reyting— guruh reytingi ·/oyin— barcha o'yinlar
Javob savolga reply qilib yoziladi; birinchi to'g'ri javob yutadi va keyingi savol o'zi chiqadi. Vaqtida hech kim topmasa, o'yin to'xtaydi — «▶️ Yana» bilan davom etasiz. Guruh o'yinlaridan kuniga 30 ballgacha olinadi; 3 kishidan kam guruhda ball berilmaydi.
Do'stlarni taklif qilish
Botdagi «Do'stlarni taklif qilish 👥» shaxsiy havolangizni beradi. To'g'ri javobdan keyingi «📤 Do'stingizni sinab ko'ring» tugmasi ham sizning havolangiz — do'stingiz to'g'ridan-to'g'ri o'sha savolga tushadi.
Do'stingiz kanalga a'zo bo'lganda sizga +250, unga +50 ball beriladi (keyinroq a'zo bo'lsa ham). Faqat yangi foydalanuvchi hisoblanadi.
Taxallus va maxfiylik
Reyting, natijalar va guruh o'yinlarida odatda Telegram ismingiz ko'rinadi. Ismingizni yashirmoqchi bo'lsangiz, do'kondan 🎭 Taxallus oling: hamma joyda taxallus ko'rinadi va profilingizga havola qo'yilmaydi.
Taxallus: 3–20 belgi, harf va raqamlar; havola, @, emoji va «admin», «bot» kabi so'zlar mumkin emas; boshqa birovniki bilan bir xil bo'lmasin; odob doirasida — nojo'ya taxallusni admin rad etadi (ball qaytadi).
Sayt bo'limlari
- Bosh sahifa — statistika, hozirgi savol, turnir yetakchilari
- Savollar — barcha yopilgan savollar va javoblar, qidiruv
- Natijalar — har bir kunning to'liq natijasi
- Reyting — umumiy, oylik va haftalik reyting
- Sertifikatni tekshirish — raqam bo'yicha
Botdagi reyting va qoidalar tugmalari saytni Telegram ichida ochadi.
Savol-javob
Javobni qanday yozish kerak?
Qisqa va aniq. Lotin yoki kirillda, kichik imlo xatosi bilan ham bo'ladi — asosiy tushuncha to'g'ri bo'lsa, qabul qilinadi. Bir nechta variantni sanab yozish noto'g'ri hisoblanadi.
Javobim noto'g'ri baholandi, nima qilay?
Har bir javobni admin ham ko'radi va «Aslida to'g'ri» deb tuzatishi mumkin — unda to'liq ball beriladi.
Kanalga a'zo bo'lish shartmi?
Yo'q, bot hammaga ishlaydi. Lekin yangiliklar kanalda chiqadi, do'stingiz uchun referal bonusi esa u kanalga a'zo bo'lganda beriladi.
Ballarim yo'qolib qolmaydimi?
Yo'q. Ball faqat do'konda sarflaganingizda kamayadi. Kanaldan chiqib ketsangiz ham ballaringiz saqlanadi.
Reyting nima bo'yicha tuziladi?
Hozirgi ball (qolgan ball) bo'yicha. Saytdagi reytingda jami to'plagan va sarflagan ballaringiz ham alohida ko'rinadi.
Har yangi savolni qanday olaman?
Botda «👤 Mening statistikam» → «🔔 Yangi savol xabarlari» ni yoqing. Odatda u o'chiq — bot o'zi faqat haftasiga yoki oyiga bir marta eslatadi.