?Diqqat Savol Botga o'tish

Savollar arxivi

203 ta savol

1167-yilda tug'ilgan ingliz qiroli Ioann muayyan merosga ega boʻlmagani uchun SHUNDAY laqabi bilan atalgan. 1949-yil SHUNDAY boʻlib qolgandan soʻng yanada mashhur boʻlgan obyektni ikki soʻzda ayting.
Javobni ko'rish

Gollivud belgisi

21-avgust, 2026 · 22 ta javob · 6 ta to'g'ri
Savolda almashtirish bor.
“Shalpangquloq” uchun kurash doimiy qizgʻin kechgan va uni millionlab insonlar kuzatib borishgan. “Shalpangquloq”ni quloqlarini eng ko‘p ispanlar, undan so‘ng italyan, inglizlar ushlashgan. Oxirgi marta “Shalpangquloq”ni qulogʻini yana ispanlar ushlab balandga ko‘tarishdi.
Savol: “Shalpangquloq” soʻzi qaysi uchta soʻzga oʻzgartirildi.
Javobni ko'rish

Chempionlar ligasi kubogi

21-avgust, 2026 · 21 ta javob · 18 ta to'g'ri
Duniya Kamacho ismli meksikalik suzuvchi qiz boshlang`ich maktabni Montessori tizimida tugatgan. U umr bo`yi Daun sindromidan qiynalib keladi. Diqqat savol: Shu kungacha yuzlab medallarni qo`lga kiritgan bu qizning avtobiografiyasida yana qaysi yevropalikning familiyasini 4 marta uchratish mumkin?
Javobni ko'rish

Javob: Ginnes.

21-avgust, 2026 · 22 ta javob · 19 ta to'g'ri
Уларнинг мулойим кўринувчи юзининг думолоқлиги ҳам чайнаш учун мўлжалланган мушакларининг жуда яхши ривожланганлиги билан тушинтириш мумкин. Улар кунига 9 - 10 килограм овқат ейишга мажбур. Зоопаркларда улар кўп ўйнасада, табиий ҳаётда бунга вақти йўқ, чунки овқатланишлари керак. Табиатда бир-бирларидан узоқроқ юришни ҳам маъқул кўришади. Улардан бири ҳақида DreamWorks компанияси томонидан анимацион фильм олинган.
Савол: Уларни топинг.
Javobni ko'rish

Панда.

20-avgust, 2026 · 30 ta javob · 29 ta to'g'ri
Ruandaning g'arbiy chegarasida ajoyib Kivu ko'li joylashgan. Yaqin atrofdagi vulqonlarning otilishi paytida ko'lga qaynab turgan lava quyiladi. Lava otilganidan so'ng darhol mahalliy aholi qayiqlarga tushib, vulqon atrofi tomon suzishadi. U yerga aholi nima sababli borishadi?
Javobni ko'rish

Pishgan baliqlarni olish uchun

20-avgust, 2026 · 17 ta javob · 15 ta to'g'ri
Xitoyliklar havo orqali parvoz qiluvchilarga oq yo‘l tilashmaydi. Buning sababi esa X havo yo‘li uchun xavf solishi mumkinligi hisoblanadi. Sayyoramizdagi X eng ko‘p uchraydigan joy esa Vashington tog‘i hisoblanadi.
Savol: Ma’lumotlardan foydalanib Xni 1 so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Shamol.

19-avgust, 2026 · 22 ta javob · 14 ta to'g'ri
Амир Олимхон даврида Бухоро хонлиги ахолисининг сонини аниқлаш мақсадида сўровнома ўтказилади. Роса бир ярим йил Бухородан то Тожикистонгача бўлган худуд ахолиси аниқланади. 3 млн 460 минг ахоли борлигини эълон қилишади. Нега оз – деган саволга айрим ноқулайликлар туфайли рўйхат тӯлиқ бӯлмади-дейишади. Савол, ноқулайлик қандай ва кимлар билан содир бӯлган?
Javobni ko'rish

Ноқулайга сабабчилар хотин-қизлар эди. Эркак сўровномачилар аёлларни сухбатлашиб исми шарифини сўрашдаги қийинчилик туфайли аёллар ва қизлар бу рўйхатга киритилмаган. Эркаклар улар бн сухбатга рози бӯлишмаган.

19-avgust, 2026 · 21 ta javob · 17 ta to'g'ri
Xeyerdalning qarindoshlari har bir avlodi orasida uning adashlari bo’lgan. Masalan, uning bobosi ham mashxur sayyohga adash bo’lgan. Shuning uchun aytish mumkinki, u avloddagi IKS edi. Bugun ham qaysidir ma’noda IKS.
Diqqat savol: IKS o’rnidagi 2 so’zni yozib bering.
Javobni ko'rish

Uchinchi tur

18-avgust, 2026 · 16 ta javob · 11 ta to'g'ri
Buvining kulguli bo‘lgan savoliga bir familiya bilan javob bering: “Qizalog’im, men juda nafratlanadigan bir nemisning familiyasi nima edi?”
Javobni ko'rish

Alsgeymer

18-avgust, 2026 · 23 ta javob · 11 ta to'g'ri
Сид Майерснинг Цивилизация ўйинида турли даврларда мавжуд бўлган давлатларни танлаб, уларнинг ҳукмдори сифатида ўйнашингиз мумкин. Ўйиннинг 5-қисмида бошқа давлатлар билан музокараларни уларнинг хукмдорлари ёки саркардалари билан олиб борасиз ва улар сиз билан ўзларининг она тилида сўзлашиш керак бўлади. Бир хукмдорга овоз беришда, халқнинг ўзи қирилиб кетгани ва тили сақланиб қолмагани учун, уларнинг тилига энг яқин бўлган чуваш тили танланади.
Савол: қайси хукмдорга чуваш тилида овоз берилган?
Javobni ko'rish

Атилла

17-avgust, 2026 · 19 ta javob · 17 ta to'g'ri
Gyotening hikmatlari asarida aytilishicha X daholik belgilaridan biri, biroq u kòpayib ketgudek bòlsa sifati yòqolib soxta bòlib qoladi. X ni toping.
Javobni ko'rish

Yumor

17-avgust, 2026 · 22 ta javob · 6 ta to'g'ri
Oslodagi qirollik parkida ikkita yengilgan afsonaviy maxluqlarni bosib turgan, 1802-yilda tug‘ilgan mashhur insonning haykali bor. Bu maxluqlarni matematiklar hazil bilan beshinchi darajali tenglamalar va elliptik funksiyalar deyishadi. Ushbu inson nomida mashhur mukofot ham bor bo‘lib, Nobel mukofoti matematiklarga berilmaganligi sababli tashkil qilingan. Ushbu mukofotning so‘nggi egasi Dennis Sallivan hisoblanadi.
Savol: Ushbu mukofotni yoki insonning nomini yozib bering.
Javobni ko'rish

Abel (Abel mukofoti)

16-avgust, 2026 · 21 ta javob · 20 ta to'g'ri
Сидни Шелдоннинг “Орзиқиб кутаман эртани” асарида қамоқхона ҳаёти ҳам тасвирланган. Қечқурун ҳамма ухлаш учун ўз камерасига кириб кетганидан сўнг, маълум вақт ўтгач маҳбуслар панжарали камералардан қўлини чиқариб коридор йўлакларига “чипс” пакетларини отишади.
Савол: Бундан кўзланган мақсад нима эди?
Javobni ko'rish

Қўриқчи сездирмасдан камера олдига келмаслиги учун.

16-avgust, 2026 · 19 ta javob · 11 ta to'g'ri
Mashhur repper Eminem har safar yangi tarona yaratar ekan, albomlari kop ekanligi tufayli undan foydalanishga majbur boladi.
Diqqat savol: Undan foydalanmasdan, uni yozib bering.
Javobni ko'rish

Qidiruv tizimi

15-avgust, 2026 · 20 ta javob · 7 ta to'g'ri
Malayziya va Tailanddagi kokos yong‘og‘i plantatsiyalarida hosilni yig‘ib olish jarayonida yig‘uvchi vazifasini Ular bajaradi. Bir mashhur hazilga ko‘ra esa ular tepaga chiqib ketgan odamlardan paydo bo‘lgani aytiladi.
Savol: Ularni toping.
Javobni ko'rish

Maymunlar.

15-avgust, 2026 · 19 ta javob · 19 ta to'g'ri
Pavel Annenkovning “Million dollarlik xatolar” asarida biznesda muvaffaqiyatga erishganingni bilishning eng oddiy yo‘li BU ISHNI QILISH deb aytadi. Xitoy tush ta’birlariga ko‘ra, tushida BU ISHNI QILISH ishda omad kelishini anglatadi.
Savol: BU ISHNI QILISH o‘rnidagi so‘zlarni yozib bering.
Javobni ko'rish

Pulini sanash.

14-avgust, 2026 · 17 ta javob · 11 ta to'g'ri
12 yoshli Zamira Sohilobod mahallasidagi maktabda ta’lim oladi. Mahalla raisi bu qizdan havotir olish shart emasligini va vaziyat o‘zining nazorati ostida ekanligini ta’kidlagan.
Savol: Kun.uz saytida chiqqan maqolada Zamiraga berilgan laqabni bir harf bilan boshlanuvchi ikkita so‘z bilan yozib bering.
Javobni ko'rish

Qayiqchi qiz.

14-avgust, 2026 · 10 ta javob · 8 ta to'g'ri
Ba’zi hazilkashlar rus prezidentlari Yelsin, Putin va Medvedevning bo‘yi uzunligidagi o‘ziga xos qonuniyatga e’tibor berib shunday deyishadi: “Shunday xissiyot tug‘uladiki, go‘yo prezidentlarni U ishlab chiqaruvchilar saylashgan”.
Savol: Uni toping.
Javobni ko'rish

Matryoshka

14-avgust, 2026 · 18 ta javob · 16 ta to'g'ri
1994-yil 5-mayda San Paulu osmonida bir necha qiruvchi samalyot havoga ko‘tariladi. Birozdan keyin tiniq osmon uzra yurakcha ichida katta qilib lotincha “S” harfini chizishadi.
Savol: Shundan 4 kun oldin nima sodir bo‘lgandi?
Javobni ko'rish

Ayrton Senna halok bo‘lgan.

13-avgust, 2026 · 21 ta javob · 17 ta to'g'ri
“Adzurri: Uembli sari yo‘l” nomli hujjatli filmda Italiya futbol terma jamoasnining Turkiya, Shveytsariya va Uels jamoalari ustidan g‘alabasidan so‘ng, keyingi bosqichda raqib Belgiya bo‘lishi haqida aytiladi. Film davomida Italiya terma jamoasi o‘zlarini UNGA o‘xshatishadi. U bir Italian avtomobilining emblemasida tasvirlangan.
Savol: O‘sha avtomobil markasini yozib bering.
Javobni ko'rish

Lamborgini [Lamborjini]

13-avgust, 2026 · 21 ta javob · 15 ta to'g'ri