Savollar arxivi
203 ta savol
O‘zbek tilining izohli lug‘atida bu so‘zning bir qancha ma’nolari keltirilgan. Bu so‘z tibbiyot sohasidagi tushunchadan tashqari “jang harakatlari majmui, savdo va moliya sohasida vazifalarni bajarishga qaratilgan harakat, texnologik jarayonning bir qismi” kabi ma’nolarga ega. 1965-yilda suratga olingan film nomida bu so‘z oldidan kelgan simvolni yozib bering.
Javobni ko'rish
Ы.
30-avgust, 2026 · 28 ta javob · 22 ta to'g'ri
Xan van Megeren nemislar okkupatsiyasi davrida nemislarga yetkazgan deyarli 7 mln dollarlik moddiy zarar keltirgan faoliyati uchun bugungi kunda Niderlandiyaning milliy qahramoni sanaladi, lekin shunday bo‘lsada, uning Alfasi Bettasiz qolmagan. 1866-yil “Russian Bulletin” gazetasida chop etilgan asar nomida ham Alfa va Bettani uchratish mumkin.
Savol: Alfa va Betta o‘rnidagi so‘zlarni ayting.
Javobni ko'rish
Alfa- jinoyat, Betta-jazo
29-avgust, 2026 · 13 ta javob · 13 ta to'g'ri
[U so'zi boshqa ikki so'z bilan almashgan]
Wikipediada yozilishicha, taqdiri Kaspiy dengizi bilan bog'liq bo'lgan U "Zulqarnayn navbasi" deb nomlangan, shoh kirib kelishi sharafiga yangrovchi musiqiy madhiyani o'z saroyida joriy qilgan. 2020-yilda chiqarilgan boshqa bir Unda esa egasiz bog'lar, na'ra tortmaydigan arslonlar, cho'qqini ko'zlagan bulbullar, kuzda gullagan bodomlar haqida eslab o'tiladi.
Savol: Uni ikki so'zda aniq yozib bering.
Javobni ko'rish
Jaloliddinning Dadasi
29-avgust, 2026 · 22 ta javob · 17 ta to'g'ri
Yaponiya bo‘ylab sayohat qilar ekan Jan Mare bir safar sakedan ichib ko‘rishga qaror qiladi. Birinchi qadahni ichishi bilanoq u natijasini sezadi va ofitsiantdan “Sake shu darajada kuchli ichimlikmi?” deya so‘raydi. Ofitsiant esa hotirjam javob beradi: “Havotir olmang janob, bu shunchaki …”.
Savol: Ofitsiantning gapini yakunlang.
Javobni ko'rish
Zilzila.
29-avgust, 2026 · 30 ta javob · 24 ta to'g'ri
O‘xshatishini eshiting: U misoli o‘lim - ko‘rinmay, sizni yiqitishga doim tayyor turuvchi, qudratli kuchdir. Uni toping.
Javobni ko'rish
Shamol
28-avgust, 2026 · 25 ta javob · 13 ta to'g'ri
Ukraina-Rossiya urushiga bag'ishlangan maqolalardan birida ushbu ikki davlat tarixan bir asosga ega ekanligi, ruslar va ukrainlar qardosh xalq ekanligi, ikkalasi ham pravoslav, ikkalasi ham slavyan ekanligi eslab o'tiladi. Maqolaga Yakov Palma kichkinaning Bibliyadagi syujetga asoslangan kartinasiga ilova qilinadi.
Diqqat savol: ushbu ilova qilingan kartina nomidagi 2 atoqli ismni yozib bering.
Javobni ko'rish
Qobil va Hobil
28-avgust, 2026 · 25 ta javob · 18 ta to'g'ri
. 2020-yilgi prezidentlik saylovlari oldidan Donald Trampning o'g'li o'z twitida Bayden haqida fikr bildirar ekan: Baydenning so'ngi 50 yilda qayerlardadir tentirab yurgani, saylovlarga boshini suqib, keyin yana umuman ko'rinish bermayotgani haqida yozadi. Ushbu Twitda U Baydenni X deb ataydi. Diqqat savol: bu twitga demokratlardan ham ko’proq kimlar etiroz bildirganini yozib bering.
Javobni ko'rish
Shotlandlar.
27-avgust, 2026 · 20 ta javob · 14 ta to'g'ri
BIRINCHI TUR, O’NINCHI SAVOL!
2017-yilda hamyurtimiz Miroqil Fozilov yapon hukumati tomonidan imperator ordeni bilan taqdirlanadi. Sababi u yuzga yaqin yapon askarlarining xavfsiz va osoyishta yotishini 40 yil davomida ta'minlagan edi.
Savol: Miroqil Fozilovning kasbini bir xil harf bilan boshlanuvchi 2 so'zda ayting
Javobni ko'rish
Javob: Qabriston qorovuli.
27-avgust, 2026 · 23 ta javob · 23 ta to'g'ri
1898 йилги фильмда божхоначилар бу қурилма ёрдамида кийими остидан контрабанда товарни олиб ўтмоқчи бўлган аёлни фош қилишади.
Савол: ушбу қурилмани инсон фамилиясини ишлатган ҳолда ёзиб беринг.
Javobni ko'rish
Жавоб: Рентген аппарати.
26-avgust, 2026 · 27 ta javob · 27 ta to'g'ri
1890-yillar boshida Hindiston safarida boʻlib qaytgan Britaniya muzeyi sobiq kuratori va arxeologi Ormonde Maddok Dalton 1905-yilda "Iks xazinasi" nomli asar yozadi. Avvalgi gapdagi soʻzlardan birida bir harf almashtirilgan. Ushbu soʻzni asl holida yozib bering.
Javobni ko'rish
Oks
26-avgust, 2026 · 25 ta javob · 21 ta to'g'ri
2017 йилда Ирландиянинг Клер графлигида аҳоли норозилиги келиб чиқади. Бунга сабаб маҳаллий гольф клубнинг денгиз билан туташ қисмидаги БУ ИШ эди. БУ ИШ сўзлари билан қайси сўзлар алмаштирилганини топган бўлсангиз, гольф клуб эгаси кимлигини айтинг.
Javobni ko'rish
Дональд Трамп.
25-avgust, 2026 · 28 ta javob · 23 ta to'g'ri
Эрамизнинг биринчи асрида яшаган Катта Плиний УНИ финикиялик савдогарлар ўйлаб топишганлигини ёзиб қолдирган. Кунлардан бирида, денгиз тинчланишини кутаётган савдогарлар овқат пишириш мақсадида, соҳилда гулхан ёқишади. Қозонни ўрнатиш учун тошлардан эмас, катта сода бўлакларидан фойдаланишган.
Савол: Плинийнинг фикрига кўра шу орқали денгизчилар тасодифан нимани кашф қилишган?
Javobni ko'rish
Шиша
25-avgust, 2026 · 28 ta javob · 23 ta to'g'ri
. 1206-yilda Norvegiyadagi fuqarolar urushi davrida Birkebeyner jangchilari chang‘i yordamida qor bo‘ronida 54 kilometr masofani bosib o‘tishgan. Ular Norvegiyaning qirolini dushmanlari boʻlmish baglerlardan qutqarishgan. Ushbu voqea sharafiga hozirgi kunda har yili “Birkebeyner chang‘i poygasi” o‘tkaziladi. Poyga ishtirokchilar o‘zlari bilan 3,5 kilogrammlik xalta bilan 54 kilometrlik masofani bosib o‘tadi.
Savol: 3,5 kilogrammlik halta qanday ma’no bildirishini yozib bering.
Javobni ko'rish
bu xalta shaxzodaning og‘irligini bildirgan.
24-avgust, 2026 · 22 ta javob · 13 ta to'g'ri
Унга Хива хонлиги вазири Ислом Хўжа яқиндан ёрдам бериб, хомийлик қилган. 1908-йилда Россияда таҳсил олиб келганидан сўнг ўз ижодини бошлаб юборади, асосан одам кўп жойларда фаолият кўрсатади. Дастлабки ишларидан “Ўлкамиз меъморий ёдгорликлари” ва “Туркистон манзаралари” кабилар ҳам ўша давр руҳини акс эттирувчи ноёб ёдгорликлардан саналади. Унинг ижодий ишлари туфайли бошқа халқлар вакиллари ҳам тарихи бой Хоразм ҳақида қимматли маълумотларга эга бўлади.
Савол: бу инсон ким?
Javobni ko'rish
Худойберган Девонов.
24-avgust, 2026 · 28 ta javob · 27 ta to'g'ri
Versiyalardan biriga ko‘ra, bu yaponcha so‘z “yolg‘izlikdan qutqaruvchi raqamlar” frazasining qisqartirilgani ekan.
Savol: Ushbu so‘zni toping.
Javobni ko'rish
Sudoku.
23-avgust, 2026 · 21 ta javob · 17 ta to'g'ri
Lindi Hop - bu 1920 yillar o'rtalaridan A.Q.SHda ommalashgan raqs turi bo’lib, ba'zi harakatlari havoda akrobatik amalga oshiriladi. 1927 yilda kimning sharafiga gazeta va jurnallar Lindi Hop the Atlantik sarlahvasi ostida chop etilgan.
Javobni ko'rish
Charlz Lindberg
23-avgust, 2026 · 20 ta javob · 19 ta to'g'ri
Ma’lumki, marvarid zargarlik buyumlarining o‘rtacha umri 250-300 yilni tashkil qiladi. Keyin u yorqinligini yo‘qotadi, qisqaradi va nihoyat changga aylanib ketadi. Biroq, Italiya muzeylaridan birida 2000 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan marvarid sirg‘alari mavjud.
Savol: Bu marvaridlar uzoq muddat o‘z holatini yo‘qotmaganiga sababchi bo‘lgan toponimni yozib bering.
Javobni ko'rish
Pompey.
23-avgust, 2026 · 24 ta javob · 23 ta to'g'ri
Bir necha hafta oldin bo’lib o’tgan futbol o’yinidan so’ng murabbiy Yurgen Klop Darvin Nune kiritgan 4 ta golga fikr bildirar ekan Salax penaltini Darvinga berib BU ISHNI QILGANINI aytib o’tadi. Afsonalarda aytilishicha BU ISHNI QILISH katta va kutilmagan falokalatlarga sabab bo’ladi.
Savol: Diqqat BU ISHNI QILISH o’rnidagi uch so’zni toping.
Javobni ko'rish
Javob: Pandorra qutisini ochish
22-avgust, 2026 · 19 ta javob · 18 ta to'g'ri
Erix Mariya Remarkning doimiy ruhiy tushkunlikda yashovchi qahramoniga, doʻsti - "Sen Nyu-Yorkga tinimsiz koʻchib kelayotgan millatlar fonida IKSdagi IGREKsan" - deya taʼrif beradi. IKS va IGREKni oʻz asarida eslab oʻtgan inson nomini Merkuriydagi kraterda ham ko'rish mumkin. Siz shu inson kimligini ayting?
Javobni ko'rish
Alisher Navoiy
22-avgust, 2026 · 23 ta javob · 10 ta to'g'ri
Belgiya davlatida o'quvchilarga bu ishni qilish huquqi mavjud bo'lib, bu uchun ular hech qanday jazoga tortilmaydilar, birgina shart ular ertalabgi nonushtani qilmasliklari kerak. Bizda esa bu ishni qilganlar odatda sinfda yoki maktab eshigi oldida turg'izib qo'yilishi mumkin.
Savol: deyarli barchamiz qilgan bu ishni yozib bering.
Javobni ko'rish
darsga kech qolish.
22-avgust, 2026 · 28 ta javob · 25 ta to'g'ri