Savollar arxivi
203 ta savol
Afrika qit’asi oʻzining yovvoyi tabiati va issiq iqlimi bilan ajralib turadi. Uning tabiatini o‘rganishda Livingstonni xizmatlari katta. U kalaxari choʻlini, Zambeziya daryosini, Tanganika koʻllarini oʻrganish bilan bir qatorda bir sharsharasi ham o‘rgangan va unga bir nom bergan. Balkim shu nomni topsangiz g‘alaba qozonishingiz mumkin.
Savol: Bu nomni o‘zbekcha bo‘lmagan so‘z bilan yozib bering.
Javobni ko'rish
Viktoriya.
8-sentabr, 2026 · 32 ta javob · 29 ta to'g'ri
Саратон касаллиги билан курашадиган Laço Rosa [Лачо Роза] фонди томонидан жамоат жойларида ўзига хос таблолар ўрнатилди. Бу таблода юзлаб саратонга чалинган инсонларнинг исм-фамилиялари вертикал ҳолатда ёзилган бўлиб, фонд бу инсонларга ғамхўрлик қилишга чорлайди. Таблодан бир неча метр узоқликда турган инсон исм-фамилияларни эмас, УНИ кўради.
Савол: УНИ ўзбекча бўлмаган сўз билан ёзиб беринг.
Javobni ko'rish
Штрих-код.
Қабул эмас: QR-код.
8-sentabr, 2026 · 31 ta javob · 23 ta to'g'ri
Бу сўз форс, тожик тилларида “тийин” маъносига эга бўлган. Ўрта Осиё хонликлари ва Яқин Шарқдаги айрим давлатларда қўлланилган мис чақа ҳам шундай аталган. Масалан, 18-19-асрларда Қўқон хонлигида танганинг 45—60 дан бир қисмига, Бухорода 40 тилланинг бир қисмига тенг келган. Бугунги кунда Афғонистон миллий валютаси афғонийнинг юздан бир улушига тенг танга ҳам шундай аталади.
Савол: Гап қайси сўз ҳақида кетмоқда?
Javobni ko'rish
Пул.
7-sentabr, 2026 · 30 ta javob · 25 ta to'g'ri
Mark Tven shunday deydi: “Oktyabr – birja o‘yinlari uchun eng xavfli oylardan biridir”.
Savol: Mark Tven oktyabrdan tashqari eng xavfli oy deya yana qaysi oyni sanab o‘tgan?
Javobni ko'rish
Hamma oy.
7-sentabr, 2026 · 30 ta javob · 21 ta to'g'ri
Britaniyadagi milliy telelotereyada ishtirokchilar 1 dan 40 gacha bo‘lgan raqamlarni belgilashi lozim bo‘ladi, lekin ishtirokchilar juda ko‘p hollarda oxirgi o‘nlikdagi raqamlarni tanlashmaydi.
Savol: Buning sababini toping.
Javobni ko'rish
Chunki ko‘pchilik lotereyada tug‘ilgan kunlarni belgilaydi.
6-sentabr, 2026 · 32 ta javob · 28 ta to'g'ri
Bir hazilomus she’r qahramonida to‘rtinchi U ham mavjud noodatiy predmet mavjud. Juda issiq paytlarda bu qahramon Undan ventilyator o‘rnida foydalanadi.
Savol: Uni toping.
Javobni ko'rish
Strelka.
6-sentabr, 2026 · 28 ta javob · 10 ta to'g'ri
Bu insonga bag‘ishlab Polshada 20 zlotiy qiymatdagi banknotalar chiqarilgan bo‘lsa, Fransiyada 500 frank qiymatidagi pullarda uning tasvirini ko‘rish mumkin. Bu inson o‘zining ilmiy yangiligiga nom tanlashda Fransiyani emas, Polshani ustun qo‘ygan.
Savol: U kim?
Javobni ko'rish
Mariya Sklodovskaya-Kyuri.
5-sentabr, 2026 · 33 ta javob · 32 ta to'g'ri
Diqqat savolda almashtirish bor
Buyuk Britaniyaliklar oʻz xazillarida bugungi kunda iqtisodiyoti hamda boshqa tarmoqlarida cho‘kishda bo‘lgan Buyuk Britaniya bosh vazirligi lavozimiga oʻtirgan Rishi Sunakni Xaronga qiyoslashmoqda. Vikipediyaga ishonadigan bo‘lsak haqiqiy Xaron Edvard Djon Smit ekan.
Savol: Biz savol matnidagi qaysi ikki soʻzni Xaron bilan almashtirganimizni toping?
Javobni ko'rish
Titanikning kapitani
5-sentabr, 2026 · 31 ta javob · 25 ta to'g'ri
Maksimiana va Galeriya UNGA hokimiyatga qaytish taklifini berishgan. Ammo u mening polizimni siz ko‘rganingizda edi, bu taklifni bermagan bo‘lar edingiz deydi.
Savol: U kim?
Javobni ko'rish
Diokletian.
4-sentabr, 2026 · 26 ta javob · 24 ta to'g'ri
Bilamizki, ayrim asarlarning sarlavhalari tarjimada tarjima qilinayotgan tilga moslashtiriladi. Jumladan, Frederik Begbeder o‘z intervyusida Turkiyada uning mashhur kitobi har oy nomini o‘zgartirayotganini hazil bilan aytdi. Frederikning fikricha, bunga nima sabab bo'lmoqda?
Javobni ko'rish
Inflyatsiya
4-sentabr, 2026 · 32 ta javob · 25 ta to'g'ri
U ma’lumotlarga ko‘ra “ovchilikka aloqador” shaxs hisoblangan. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan ham 17 yoshida ov paytida tanishgan. Oradan 20 yil o‘tib esa o‘zi ham jurnalistlarning “o‘ljasi”ga aylandi.
Savol: Bu mashhur insonni toping.
Javobni ko'rish
Malika Diana.
3-sentabr, 2026 · 26 ta javob · 18 ta to'g'ri
Shvetsiyada Kopimizm missionerlik cherkovi rasman din sifatida tan olingan. Uning a'zolari uchun muqaddas harakatlar, o‘zlaridagi ma'lumotni nusxalash, bilim almashish va ularni boshqalarga yetkazib berishdir.
Savol: Kopimizm missionerlik cherkovi logotipida ko‘rish mumkin bo‘lgan 12 ta simvolni yozib bering
Javobni ko'rish
Ctrl+C va Ctrl-V
3-sentabr, 2026 · 26 ta javob · 21 ta to'g'ri
Bu so'zning tarjimasi "chiqim, harajat" degan ma'nolarni bildirgan ekan. Bir millat U so'zni ko'p ishlatishgan. Yordam tariqasida shuni aytishim mumkinki, tarixdagi buyuk inson U yerda 1-2 kun tunab qolgan. Eng qizig'i U so'zni o'zbeklar o'g'irlashganmi yoki o'zlari o'ylab topganmi bilmadimu, ammo U so'zni ishlatib, kuylashgani bor gap. Qaysi so'z?
Javobni ko'rish
Xiroj
2-sentabr, 2026 · 24 ta javob · 15 ta to'g'ri
Garri Potterning o‘ylab topilgan olamida yopishqoq daraxt mavjud. Uning po‘stlog‘ini teshgan har qanday narsa daraxtga yopishib qoladi va sekin-astalik bilan daraxt tomonidan yutib yuboriladi. Shuning uchun ULAR bu daraxtga yaqinlashishmaydi.
Savol: Ularni toping.
Javobni ko'rish
Qizilishtonlar.
2-sentabr, 2026 · 32 ta javob · 19 ta to'g'ri
1900-yilda Vladimir Ilich Lenin Rossiyadagi tarqoq inqilobiy UCHQUNLAR marksizm gʻoyalari asosida birlashib ,ALANGA olishi kerak degan fikrga keldi va shu yili ilk bor ushbu gazeta rus tilida nashr etildi.
Savol: Bu qaysi gazeta?
Javobni ko'rish
Искра.
1-sentabr, 2026 · 36 ta javob · 30 ta to'g'ri
O‘zbek tilining izohli lug‘atida yozilishicha, tilimizdagi ushbu so‘zning ma’nolaridan biri “sadaqa”. Bu so‘z tahsin aytishda ham ishlatiladi.
Savol: Ushbu so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish
Tasadduq.
1-sentabr, 2026 · 31 ta javob · 18 ta to'g'ri
Tarqatma materialda Dead territory metal-guruhining 1952-yilgi asarga qilingan kaver-versiyasidan kadrni ko’rib turibsiz.
Savol: Asar muallifini yozib bering.
Javobni ko'rish
Jon Keyj
1-sentabr, 2026 · 21 ta javob · 13 ta to'g'ri
1992-yilda tavallud topgan qo‘shiqchi Mayli Sayrus 2 yil oldin bergan intervyusida Ular safiga qo‘shilmaslik uchun ichish va narkotiklardan voz kechganligi haqida gapirgan.
Savol: ular safiga 2011-yil qo‘shilgan Sautgeytlik kim?
Javobni ko'rish
Amy Winehouse.
31-avgust, 2026 · 25 ta javob · 21 ta to'g'ri
1973-yil iyunida Skottining oilasida Sten ismli o‘g‘il farzand dunyoga kelgan.
Savol: Ushbu voqeadan bir muncha vaqt oldin Skottining hayotida qanday hodisa yuz bergan edi?
Javobni ko'rish
Stenli kubogini yutgan.
31-avgust, 2026 · 20 ta javob · 18 ta to'g'ri
ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛ
Қалб алам комида… О, сенга, билгин,
Истиғфор йўқ мутлақ. Лек мен тирикман.
Вужудим чарх ургай топмасдан қўним,
Бироқ у сафосиз, энди қуруқ тан.
Қаршингизда Мирпўлат Мирзо таржима қилган Белла Аҳмадулинанинг «Ҳайрлашув» номли шеъридан парча. Унда шоира яхши кўрган инсонига муҳаббатни эмас, айрилиқ ҳақида ёзган. Мутахассисларнинг айтишича, сизларга берилган қисмида шоира ҳаётидаги фожеага ишора қилингани боис, шу қисми тушириб қолдирилиб, қўшиқ қилиб кўйланган. Аҳмадулина ҳаётидаги қандай воқеа назарда тутилган?
Javobni ko'rish
[фарзандини] аборт қилдириш.
30-avgust, 2026 · 22 ta javob · 14 ta to'g'ri