?Diqqat Savol Botga o'tish

Savollar arxivi

203 ta savol

Gabriel Garsiya Markes 1957 - yili SSSRga qilgan sayohatini eslar ekan 22 mln kv km da X ning reklamasi yo`qligidan ajablanadi. Nimaning reklamasini ko‘rmagan?
Javobni ko'rish

Koka kola

18-sentabr, 2026 · 30 ta javob · 28 ta to'g'ri
Sovet davrining esdalik tangalaridan birida Yuriy Gagarin ULAR bilan birga tasvirlangan, lekin ular u erda bo'lmasligi kerak edi. Grigoriy Chuxrayning "Askar balladasi" filmida ham ULARni uchratishimiz mumkin, lekin ULAR film voqealari ro'y bergan paytda mavjud bo'lmagan. Ularni ikki so'z bilan ayting.
Javobni ko'rish

Kapitan unvoni

18-sentabr, 2026 · 35 ta javob · 25 ta to'g'ri
Google kompaniyasining bir tavsiyasiga ko‘ra, akkaunt parollarini hatto Ularga ham aytish kerak emas. Yana bir malumotga ko’ra, Ular yosh, ota onasidan alohida va bo‘ydoq bo‘lishsa ko‘p narsani tez o‘zlashtirishadi.
Savol: Ularni toping.
Javobni ko'rish

To‘tiqushlar.

17-sentabr, 2026 · 31 ta javob · 14 ta to'g'ri
7. Rahim Sterling “Chelsi”ga o‘tgach “Manchester Siti” tarkibida Pep Gvardiola tashrifiga qadar bo‘lgan o‘yinchilardan faqat Kevin de Bryuyne qoldi. Ushbu holat haqidagi maqola nomi SHUNDAY U. “SHUNDAY U” Kuperga tegishli. SHUNDAY U so‘zlari bilan almashtirilgan so‘zlarni toping.
Javobni ko'rish

So‘nggi mogikan.

17-sentabr, 2026 · 27 ta javob · 23 ta to'g'ri
Bu savolni keyinroq berishimiz mantiqiyroq edi, ammo nachora!
Masaru Ibukaning kitobida shunday deyiladi: Zamonaviy tadqiqotlarga ko‘ra, hayotning dastlabki yillarida bosh miyadagi hujayralarning 70-80 foizi rivojlanib bo‘ladi. Biz o‘z xatti-harakatimizni shu davrdagi bolalarning miyasini erta rivojlantirishga yo‘naltirishimiz zarur. Ibukaning kitobi nomida BU SO‘ZNI ko‘rish mumkin. Buni qarangki, o‘zbek xalqi tomonidan ishlatadigan bir gapda ham BU SO‘Z yakuniy miqdor bo‘lib kelishini ko‘p eshitganmiz. Bu bir bo‘g‘inli so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish

Uch.

16-sentabr, 2026 · 30 ta javob · 24 ta to'g'ri
Saklar malikasi Zarina Parfiya hududi uchun Midiya davlatiga qarshi uzoq urush olib borgan va foydali sulhga erishgan. To‘maris Kir II ни mag‘lub etib, massagetlar ozodligini saqlab qolgan. Bir asar haqidagi maqolada asar syujet chizig‘i Zarinaning yoki To‘marisning hayoti bilan o‘xshashligi aytiladi.
Savol: Unlilari bir xil bo‘lgan ushbu asar nomini yozib bering.
Javobni ko'rish

“Qirq qiz”.

16-sentabr, 2026 · 33 ta javob · 29 ta to'g'ri
Mordaviya poytaxti bo‘lgan Saransk shahrini Yevropadagi bir shahar bilan chalkashtirib yuborish holatlari uchrab turadi. Bu holatga alifbolar turlichaligi va aeroport kodlari sabab.
Savol: Yevropadagi shahar nomini topgan bo‘lsangiz, shahar nomidagi
2-, 3-, 4-, 5-harflarni ketma-ketlikda yozib bering.
Javobni ko'rish

O, P, E, N.

15-sentabr, 2026 · 30 ta javob · 19 ta to'g'ri
Angliyada 1998 yili o‘tkazilgan statistik tadqiqotga ko‘ra 4400 odam bir oyog‘ida muvozanatni saqlashga urinib turli hildagi jarohat olishgan. Ularning ko‘pchiligi erkaklar bo‘lgan deb taxmin qilish mumkin. Oramizdagi o‘gil bolalar ham ertalab bu ishni bajarishgan deb taxmin qilamiz.
Savol: Jarohat olganlar nima bilan mashg‘ul bo‘lishgan.
Javobni ko'rish

Shim kiyishgan.

15-sentabr, 2026 · 36 ta javob · 34 ta to'g'ri
Ўзбекчага хитой тилидан ҳам бир қанча сўзлар ўзлашган. Ҳаммамиз севиб истеъмол қиладиган уйғур таомлари – лағмон, манти, манпар, хоним кабиларнинг номи ҳам асли хитойчадан кириб келган. Жумладан, турмушимизда ишлатиладиган бу сўз ҳам хитой тилидан ўзлашган. У ўзбекчада турли нарсалар қўйиладиган мебелни, шкафни англатади. “Ўзбек тили тарихи” китобига кўра, бу сўз хитойча “цзабань” сўзидан олинган бўлиб, сза – ром, чорчўп, бан – тахта, яъни “тахтали ром” деган маънони англатади.
Савол: Бу қайси сўз?
Javobni ko'rish

Жавон.

14-sentabr, 2026 · 36 ta javob · 31 ta to'g'ri
Абу Али ибн Синодан насихат: У бир касрки кунда душман хужумига дуч келгай. Касрни қӯриқловчи навкарлар қанча харакат қилмасин енгилишади. Душман шунчалар дахшатлики у қасрни хам, қасрнинг шохини хам махв этади. Нуқта. Савол ибн сино тасвирлаган жараённи сӯрамийман, жараёнда қатнашган душман номини топиб беринг.
Javobni ko'rish

Қаср- инсон, навкарлари-тишлар, қаср -шохи юрак, Душман – ейдиган таомларимиз.

14-sentabr, 2026 · 32 ta javob · 19 ta to'g'ri
Kappa haqida gapirganda ko'pchilik bir biriga bog’liq bo’lmagan 3 ta sababni keltirishadi. Birinchidan Sviney stansiyasidan olingan ko'rsatgich 3/10 okta emas, balki 7/10 oktaligi bo'lsa. Ikkinchisi, Yahata shahridagi yong'in.
2014-yilda 85-yoshli po'lat quyuvchi Saturo Miyoshiro barchasi o’zining xizmati ekanligini aytib chiqdi. Aytishicha u o'sha kun zavodda katta miqdorda ko'mir yoqqan ekan. Diqqat savol: Kappani toponim qatnashtirib ikki so’zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Kokura omadi

13-sentabr, 2026 · 28 ta javob · 19 ta to'g'ri
Azaliy raqiblar hisoblanuvchi “Leeds United” va “Manchester United” futbol klublari o‘rtasidagi o‘yin boshqa derbilarga nisbatan janjalga boyligi bilan ajralib turgan.
Savol: 1974-yilgi ma’muriy organlarning islohotiga qadar bu jamoalar qaysi grafliklarni o‘zlarida gavdalantirishgan?
Javobni ko'rish

Lankasterlar va Yorkshirlar.

13-sentabr, 2026 · 28 ta javob · 23 ta to'g'ri
Hozirgi kundagi qaysi mashhur bir kompaniya dastlab “Ruda” deb atalgan?
Javobni ko'rish

Puma.

12-sentabr, 2026 · 31 ta javob · 29 ta to'g'ri
Podrobno.uz saytida 2014 yil chiqqan maqola Toshkent Zooparkida yangi dunyoga kelgan uchta Amur yo‘lbars bolalari haqida bo‘lgan. 1949 yil 2 oktyabr kuni Toshkentda boshqa bir yo‘lbars “Toshkent yo‘lbarsi” dunyoga kelgan. “Toshkent yo‘lbarsi” 25 yoshida erishgan g‘alabasi uni nafaqat butun Sobiq sovet ittifoqiga balki butun jahonga mashhur qilib yuboradi. Savol: “Toshkent yo‘lbarsi”ni bir xil xarflar bilan boshlanadigan ism-familiya bilan ayting.
Javobni ko'rish

Rufat Riskiyev

12-sentabr, 2026 · 37 ta javob · 35 ta to'g'ri
Qolip yasashda tajribali stomatologlar harorat oʻzgarishiga sezgirligi bois BU ISHNI QILISHni tavsiya qilmaydi. Savol muhokamasida BU ISHNI QILISH ochkosiz qolishingizga sabab boʻlishi mumkin.
Savol: BU ISHNI QILISH oʻrnidagini toping.
Javobni ko'rish

Mum tishlash

11-sentabr, 2026 · 31 ta javob · 4 ta to'g'ri
Erik Morli tomonidan birinchi bor 1951-yilda tashkil etilgan ushbu tanlov oʻz turi boʻyicha katta dubulgʻa musobaqalarining eng dastlabkisi hisoblanadi, albatta 2-Jahon urushiga qadar ham bu kabi musobaqalar tashkil etilgandi, ammo urush sabab ular oʻz barqarorligini yoʻqotdi. Diqqat savol hozirgi kunga qadar ushbu musobaqada Venesuela va Hindiston yetakchiligini inobatga olib tanlovni nomlang
Javobni ko'rish

Miss World

11-sentabr, 2026 · 30 ta javob · 28 ta to'g'ri
U 2011 -yilda tugʻilgan birinchi oʻgʻliga Alef deb ism qoʻygan. Alefning otasi "qora oqqush" balet filmida rol ijro etgan xareograf Benjamin Milpier edi.
Diqqat savol: u sizi bilan almashgan aktrisa kim ekanligini yozib bering.
Javobni ko'rish

Natali Portman

10-sentabr, 2026 · 28 ta javob · 27 ta to'g'ri
Yevropa chempionlar ligasi madhiyasi Gendelning "Rohib Zadok" operasiga asoslangan bo'lib, bu hafta ingliz klublari uyida bo'lib o'tgan o'yinlarda yangramadi. Bunga asosiy sabab qilib UNI keltirishadi. Diqqat savol: UNI tarkibida lotincha so'z bo'lgan bir necha so'zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Qirolicha Yelizavetta 2 koronatsiyasi.

10-sentabr, 2026 · 29 ta javob · 10 ta to'g'ri
Sherdor madrasasining qurilishi haqida shoir Mir Hoji Samarqandiy quyidagi so‘zlarni keltirgan: “Uni barpo etgan Yalangto‘sh Bahodurdurkim va uning qurilgan yilini ham X hisobida “Yalangto‘sh Bahodur” deb bilingizlar”. Bundan kelib chiqib mutaxassislar madrasa aynan 1618-yilda qurila boshlanganini bilishgan.
Savol: X ni yozib bering.
Javobni ko'rish

Abjad.

9-sentabr, 2026 · 28 ta javob · 23 ta to'g'ri
Yurtimizdagi dehqonlar ushbu tabiat hodisasini oq quyosh deb atashadi ushbu hodisa yoz oylarida roʻy berganida qisqa vaqt ichida hosilning katta qismiga zarar beradi va shu ekinlarning qovjirab qolishiga sabab boʻladi. Yurtimizdagi dehqonlar qaysi tabiat hodisasini oq quyosh deb atashadi.
Javobni ko'rish

Bulut ostidan chiqadigan quyosh oq quyosh deb ataladi. Shuning uchun ham bulut ostidan chiqqan quyosh tafti juda issiq boʻladi

9-sentabr, 2026 · 29 ta javob · 11 ta to'g'ri