?Diqqat Savol Botga o'tish

Savollar arxivi

203 ta savol

8-sentabr kuni Yelizavetta 2 vafoti e'lon qilingandan keyin ingliz tilidagi Wikipedia 15 daqiqa ichida 50 martadan ortiq tahrirlanadi. Foydalanuvchilar kiritgan o'zgarishlarning katta qismi U bilan bog'liq edi. Ingliz tilida ULAR soni 12 ta. Diqqat savol: ULARNI ikki so'zda yozib bering
Javobni ko'rish

Fe'l zamonlari.

27-sentabr, 2026 · 29 ta javob · 25 ta to'g'ri
2008-yili Fransiyaning Ivri shahrida 110 yoshli Lazar Pontichelli olamdan o‘tdi va uni xalq katta hurmat bilan so‘ngi manzilga kuzatib qo‘ydi. Bu voqeaga atalgan maqolada bir jurnalist: “Ana endi U va nihoyat Fransiyada tugadi” deb yozadi. Bu yerda jurnalist bir rus sarkardasining gapidan iqtibos keltiradi.
Savol: U o‘rnidagi uch so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish

Birinchi jahon urushi.

26-sentabr, 2026 · 36 ta javob · 30 ta to'g'ri
Erkin Vohidovning "Kelajakka maktub" she'ridan parcha:
Ivan Vasilyevich - dahshatli podshoh,
G'azabi junbushga kelganda nogoh, Temir aso bilan urib o'g'lini,
Farzand qoni bilan bo'yab qo'lini,
O'zi dahshat ichra lol qotdi bir dam.
She'rning davomida bu voqeadan yarim asr ilgari yuz bergan, yuqoridagi voqeaga butkul teskari voqeilik esga olinadi. Diqqat savol: O`sha voqeaning ikki qatnashchisi kimlar?
Javobni ko'rish

Javob: Bobur va Humoyun.

26-sentabr, 2026 · 1 ta javob · 0 ta to'g'ri
Tahminlarga ko'ra, Fyodor ROkotovning "Treugolka kiygan notanish" kartinasida graf Struyskiyning xotini tasvirlangan. Keyinchalik xotinining ta'bini xira qilmaslik uchun ayol portreti erkak kishiga o'zgartirilgan. Savol matnida 2 so'z 2 o'rinda tushirib qoldirilgan.
Diqqat, savol: O'sha 2 so'zni yozib bering.
Javobni ko'rish

birinchi, ikkinchi

26-sentabr, 2026 · 1 ta javob · 0 ta to'g'ri
Tarqatma material!

Savol muallifi U haqida, shaxsiy o’yinga bog’lab savol tuzmoqchi edi, lekin jamoa qarshi chiqdi.
Tarqatma materialda matematik Uni ko’rib turibsiz.
Savol: Uni barcha unlilari bir xil bo’lgan bir so’zda yozib bering?
Javobni ko'rish

Pangramma

26-sentabr, 2026 · 11 ta javob · 0 ta to'g'ri
Oldexove bu Leuvarden shahri markazida qurilishi tugallanmagan qo‘ng‘iroqli inshoot hisoblanadi. 1529-yilda qurilish boshlangach shahar aholisi imkoniyatlarni inobatga olmasdan turib o‘z inshootlarining qo‘shni Groningendagi Avliyo Martin qo‘ng‘iroqxonadan balandroq bo‘lishi xohlashgan. Keyinchalik qo‘shimcha g‘ishtga ehtiyoj tug‘ilgan, ammo befoyda.
Savol: Oldexove haqidagi maqolada eslab o‘tilgan 3-inshoot nomini yozib bering.
Javobni ko'rish

Piza minorasi.

26-sentabr, 2026 · 31 ta javob · 17 ta to'g'ri
Oksana Chusovitina haqidagi bir faktda bolgariyalik 6 marta Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan Yordan Yovchev eslab o‘tiladi. Oksana Yordanni ham ortda qoldirib, ko‘rsatkichni 8 taga oshirgan.
Savol: Bu faktda qaysi kitob eslab o‘tilgan?
Javobni ko'rish

“Ginnes rekordlar kitobi”.

25-sentabr, 2026 · 38 ta javob · 36 ta to'g'ri
АҚШдаги Буюк инқироз пайтида мамлакатни Герберт Гувер бошқарар эди. Шу сабабли ўша пайтда унинг номи билан боғлиқ бир талай кинояли жумлалар пайдо бўлган. Мисол учун, “Гувер кўрпаси” деб уйсизлар ёпинишда фойдаланган картон қоғозларни ва газеталарни айтишган. Шундай жумлалардан бири “Гувер чўчқалари” УНИ англатар эди.
Савол: 1977 йилги манбада УЛАР орқали ўз бизнесини бошламоқчи бўлган қаҳрамоннинг исмини ёзиб беринг.
Javobni ko'rish

Ҳасан.

25-sentabr, 2026 · 33 ta javob · 12 ta to'g'ri
Javobni topishda SHIMOLGA YO‘L olishingizni maslahat beramiz.
Bu insonning o‘tgan asr birinchi choragida Nobel laureati bo‘lishida “OCHLIK”ning ahamiyati katta bo‘lgani aniq.
Savol: Bu inson kimligini yozib bering.
Javobni ko'rish

Knut Gamsun.

24-sentabr, 2026 · 33 ta javob · 28 ta to'g'ri
Bu qissa 1936-yil yozilgan boʻlib, unda ijodkorning bolaligidagi voqealar, 20-asr boshidagi Toshkent hayoti tasvirlangan. Dastlab qissa “Dovdirash” nomi bilan kitobcha holida nashr etilgan bo‘lsa, Innan keyin 1977-yil qissa asosida film ham suratga olingan.
Savol: Bu qaysi qissa?
Javobni ko'rish

“Shum bola”.

24-sentabr, 2026 · 41 ta javob · 41 ta to'g'ri
Xokku shinavandalari fikriga ko‘ra, yapon xokkulari asosan 5 mavzuda yoziladi. 1-si bu albatta muhabbat mavzusi.
Savol: Qolgan 4 mavzuni hoxlagan ketma-ketlikda yozib bering.
Javobni ko'rish

Qish, bahor, yoz, kuz

23-sentabr, 2026 · 40 ta javob · 34 ta to'g'ri
Bu so‘z sanskrit tilidan olingan boʼlib, “ezgulik bo‘lsin” degan maʼnoni beradi. Ushbu so‘z bilan mashhur bo‘lgan belgi 10-15 ming yil oldingi qazib topilgan yodgorliklarda ham uchraydi. Ushbu belgi quyoshning timsoli hisoblangan. Qadimgi tosh kalendarlardagi Bu belgi quyosh nurlari tushganda, bu ekinlarni yig‘im-terimini boshlashni bildirgan.
Savol: Ushbu belgini nomini yozib bering.
Javobni ko'rish

Svastika.

23-sentabr, 2026 · 39 ta javob · 37 ta to'g'ri
“Xalq so‘zi” gazetasi muharriri Istam Ibrohimov o‘z maqolasida u haqidagi ma’lumotlarni berib o‘tar ekan, 2027-yil uning 900 yilligi keng nishonlanishi kerakligini ta’kidlaydi. Said Ahmad hikoyasi qahramoni Juman bobo esa hikoyaning boshqa bir qahramoni Kozimboyga, uni dam olmay zabt etish bo‘yicha bahs boylashni taklif etadi.
Savol: uni ikki so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Minorai Kalon.

22-sentabr, 2026 · 30 ta javob · 27 ta to'g'ri
U “mening maqsadim ayollarni erkin nafas olishini qiyinlashtiradigan tor korsetlardan va “o‘ylashga xalaqit beradigan” keng shlayapalardan ozod qilish” deb aytgan. 2008-yilda uning 125 yilligi sharafiga 5 yevrolik tangalar chiqarilgan.
Savol: U kim?
Javobni ko'rish

Koko Shanel.

22-sentabr, 2026 · 37 ta javob · 36 ta to'g'ri
. Bir serial qahramoni bo’lgan qiz shahar meri hisoblangan otasiga norozilik belgisi sifatida Nyu-York Markaziy hiyobonida Ledi obrazida sayr qiladi. Savol matnida tushirib qoldirilgan so’zni yozib bering.
Javobni ko'rish

Godiva

21-sentabr, 2026 · 28 ta javob · 23 ta to'g'ri
Ushbu YORQIN (urg‘u berib o‘qilsin) sochli fransuz Niagara darasi uzra amalga oshirgan bir jarayonda hatto velosipeddan foydalangani haqida ma’lumotlar bor. Qo‘shimcha ma’lumot sifatida aytish mumkinki, uning akrofobiya bilan muammosi yo‘qligi aniq. Diqqat savol: Ushbu inson familyasini yozib bering.
Javobni ko'rish

Blonden

21-sentabr, 2026 · 40 ta javob · 37 ta to'g'ri
Romantiklarning aytishicha, bu mamlakat bayrog‘idagi ranglar mahalliy qizlarning sochlari va ko‘zlari rangini anglatadi. Mamlakat madhiyasida: “Ha, men Shimolda yashab, o‘lishni xohlayman” degan iborani uchratishimiz mumkin.
Savol: Bu mamlakatni toping.
Javobni ko'rish

Shvetsiya.

20-sentabr, 2026 · 36 ta javob · 34 ta to'g'ri
O‘tgan yilda Open budjetga ovoz to‘plashda salqin ichimliklardan foydalanilgani ko‘pgina shov-shuvga sabab bo‘ldi. Lekin aksariyat hollardagi kabi shovvoz hamyurtlarimiz hatto shu usulni ham plagiat qilishgani biroz alamli. Sizningcha, ular bu xildagi siylovni kimlardan o‘rganishgan?
Javobni ko'rish

Ukraina hukumatidan

20-sentabr, 2026 · 35 ta javob · 7 ta to'g'ri
Avar xalq maqoli:
Odam kiyim kiyganda bilinadi, botir esa ....
Savol: Uch nuqta o‘rnidagi so‘zlarni toping.
Javobni ko'rish

Ot minganda.

19-sentabr, 2026 · 33 ta javob · 17 ta to'g'ri
Sem Bardell UNGA shunday ta’rif beradi. “U – psixiatr qimmat narxga beradigan savollarini sizga tekin taqdim etuvchidir”. 1967-yili suratga olingan filmda UNING do‘stligi ta’kidlangan.
Savol: U kim?
Javobni ko'rish

Xotin.

19-sentabr, 2026 · 26 ta javob · 24 ta to'g'ri