Savollar arxivi
202 ta savol
90-yillar boshida Yoxan Kroyf sog‘lig‘ida jiddiy muammolar yuzaga keladi. Oqibatda u o‘zidagi bir zararli odatni tark etadi va USHBU SAVDO MARKAsi mahsulotining Ispaniyadagi sotuvi 7 barobar o‘sishiga sabab bo‘ladi. USHBU SAVDO MARKAsi asoschisi Enrik Bernat o‘z vaqtida boshqa bir mashhur kataloniyalikning xizmatidan foydalanadi.
Diqqat, savol: Gap qaysi SAVDO MARKAsi haqida ketmoqda?
Javobni ko'rish
Chupa Chups
2-oktabr, 2026 · 30 ta javob · 29 ta to'g'ri
Ularning 26 000 ga yaqin turi ma’lum. Ularni o‘rganuvchi fan Lixenologiya deb ataladi. Ulardan ajratib olingan ekstraktlar atir-upa mahsulotlariga, kosmetika mahsulotlariga o‘ziga xos hid berish uchun foydalaniladi. Tog‘ jinslarining yemirilishiga yordam beradi. Yemirilgan tog‘ jinslaridan yupqa tuproq qatlami hosil bo‘ladi.
Savol: Ushbu oganizmlar nomini yozing.
Javobni ko'rish
Lishayniklar.
2-oktabr, 2026 · 16 ta javob · 16 ta to'g'ri
Uning nabirasining xotiralariga ko'ra, Bukingemshirda unga haqiqiy Vikinglardek dafn marosimini qilib berishgan: u qalam va shokolad bilan dafn etilgan. U kim?.
Javobni ko'rish
Roald Dal
1-oktabr, 2026 · 27 ta javob · 26 ta to'g'ri
Bir oʻzbek multfilmida qahramon bu ishni qiladi va televizor sotib olmoqchi boʻladi. Boshqa bir multfilmda esa xoʻroz bu ishni qilgandan soʻng, kurka janoblariga uchraydi.
Diqqat savol: Voqealari “bu ishni qilmoq” jumlasidan kelib chiqqan toponimda bolib otuvchi film nomini yozib bering.
Javobni ko'rish
Tangalik bolalar.
1-oktabr, 2026 · 21 ta javob · 18 ta to'g'ri
1966 йилги Қор маликаси фильмида Герда Кайни УНДА эканлигини билиб қолади ва УНИ топиш учун Шимолий қутбнинг энг марказий нуқтасига боришига тўғри келади. Ўзбекистонда 2019 йилда барпо этилган У, энг машхуридан ташқари Бинокор, Семурғ ва Тошкент жамоалариники ҳам ҳисобланади.
Савол: УНИ икки сўзда ёзиб беринг.
Javobni ko'rish
Муз саройи.
1-oktabr, 2026 · 20 ta javob · 18 ta to'g'ri
Алексей Поляриновнинг асарида аборигенлар антропологни Уни ўғирлашда айблашган. Уруш вақтларида душманларга тегишли Уни билган исонларга орденлар ҳам берилган.
Савол: Уни ёзиб беринг.
Javobni ko'rish
Тил.
1-oktabr, 2026 · 30 ta javob · 25 ta to'g'ri
Yigirmanchi asrning yigirmanchi yilida AQSH Konstitusiyasiga ayollar huquqlarini kengaytiruvchi tuzatish qabul qilindi. Bu faktni bilishimiz Amerikalik feministlarning zamonaviy tashabbuslaridan biri - UNING o‘rniga ayol kishini qo‘yish ramziy ma’noga ega ekanligini ko‘rishimizga yordam beradi.
Savol: Uning familiyasini ayting.
Javobni ko'rish
Jekson
1-oktabr, 2026 · 27 ta javob · 24 ta to'g'ri
Ushbu tur savollari jamoalarni yiqitish uchun tuzilmagan!
Yaponiyaning Shnobel mukofoti laureatlari X ning xususiyatlarini o‘rganib, uni hatto Godzilla ham qarshilik qila olmaydigan qurol sifatida taklif qilishadi. Bir ingliz yozuvchisi esa sevgini eshikka, qashshoqlikni o‘sha eshik ostonasidagi X ga qiyoslaydi.
Savol: X ni ikki so‘zda toping.
Javobni ko'rish
Banan po‘chog‘i
1-oktabr, 2026 · 32 ta javob · 27 ta to'g'ri
Gitler, Stalin, Freyd va Trotskiy. Bu mashhurlarni nima birlashtirib turadi deb oʻylarsiz. Hozir sizga aytamiz. Bu insonlarni 1913-yilda ALFA birlashtirib turgan. Boshqa bir ALFA ning esa 3 xil turi mavjud boʻlib, asosan, oʻtkazish va tashish vazifalarini bajaradi. ALFA "akasiga" nisbatan ozgina nimjonroq va birozgina sekinroq harakatlanadi.
Savol: ALFAning nima ekanligini aniq yozib bering.
Javobni ko'rish
Vena.
30-sentabr, 2026 · 11 ta javob · 11 ta to'g'ri
Diqqat, sehrli savol.
Rossiyada isitmani davolashning quyidagi usuli mavjud edi: birinchi kuni bemorga a yozuvi bo‘lgan qog‘oz parchasi yeyish uchun beriladi, keyingi kuni a va b harflari yozilgan qog‘oz.
Savol: Davolanishning 11-kuniga kelib qog‘ozda qanday yozuv paydo bo‘ladi.
Javobni ko'rish
abraka-dabra
30-sentabr, 2026 · 37 ta javob · 29 ta to'g'ri
[Boshlovchiga: "500" jumlasidagi besh so'zini urg'u berib o'qilsin]
Ozarbayjon manati 2000-yillar boshida kichikroq inflatsiyani boshidan kechirgan. Shu paytlari aholi orasida banknotalarni turli shaxslar, obyektlar nomi bilan atash urf bo'ladi. Masalan, 10 ming manat shirvon, ming manat mamademin deb atalgan.
Diqqat savol: ozarbayjonliklar 500 manatni nima deb nomlashganini yozib bering.
Javobni ko'rish
Nizomiy
30-sentabr, 2026 · 22 ta javob · 18 ta to'g'ri
O‘rta asr Yevropasida ULARga o‘ziga xos nomlar berishgan. Masalan, ULARning ikkinchisi “shahar soqchisi”, yettinchisi “temirchi” deb yuritilgan. “Shifokor” va “savdogar”ning joylashuvi turli holatdan kelib chiqib belgilangan.
Savol: Ularni 2 so‘zda aniq yozib bering.
Javobni ko'rish
Shaxmatdagi piyodalar.
Qabul emas: Shaxmat donalari.
30-sentabr, 2026 · 12 ta javob · 8 ta to'g'ri
Вьетнамда талабалар ва ўқувчилар имтихон олдидан уни тановул қилишдан тийилишади. Чунки вьетнамликлар уни жуда “сирпанчиқ” деб ҳисоблашади ва у ейилса имтихондан аниқ йиқилишларига ишонишади. Гарчи шимолий қутбда жойлашган бўлсада, Исландияда уни етиштириш кенг тус олгани хайратланарли.
Савол: Гап нима ҳақида кетмоқда?
Javobni ko'rish
Банан.
30-sentabr, 2026 · 40 ta javob · 36 ta to'g'ri
Savolda “Oltin zanglaganda” so‘zlari boshqa 2 so‘z bilan almashtirilgan.
Bolalarga bu jarayonni tushuntiradigan “Oltin zanglaganda” nomli kitobda qahramonlar uydagi lampa, tennis hamda stol tennis koptoklaridan foydalangan xolda bu hodisani kechishini o‘rganishadi. Bu qanday hodisa ekanligini 2 so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish
Quyosh tutilishi.
29-sentabr, 2026 · 26 ta javob · 23 ta to'g'ri
Sudya xayolan chamalab ko‘rdi - yana ikki soat yo‘l bosish kerak.
xayolan chamalab ko‘rdi - yana ikki soat yo‘l bosish kerak.
chamalab ko‘rdi - yana ikki soat yo‘l bosish kerak.
ko‘rdi - yana ikki soat yo‘l bosish kerak.
yana ikki soat yo‘l bosish kerak.
ikki soat yo‘l bosish kerak.
yo‘l bosish kerak.
bosish kerak.
kerak.
Ushbu parcha qaysi asardan olinganini emas, asar muallifining ism-familiyasini yozib bering.
Javobni ko'rish
Agata Kristi.
29-sentabr, 2026 · 26 ta javob · 24 ta to'g'ri
Umid qilamizki bu savolga javob topishda yo‘nalishni yo‘qotib qo‘ymaysiz!
2-jahon urushi davrida SSSRda eng mashhur “Tungi jodugarlar”dan biri bo‘lgan Marina Raskova Rossiyalik Alfa nomini oladi. Tinch okeanida joylashgan Xaulend nomli orolda 1930-yillar oxirida tayyorgarlik ishlari doirasida bir qancha inshootlar va mayoq qurilgan. Ayni damda ushbu mayoq Alfa nomi bilan ataladi.
Savol: Alfa o‘rnidagi ism familyani yozib bering.
Javobni ko'rish
Ameliya Erxart.
29-sentabr, 2026 · 29 ta javob · 26 ta to'g'ri
Kompyuter qurilmalariga bag'ishlanga Texnomaks youtube kanali videolaridan birida kompyuterdagi Quvvatlantirish manbai (Blok pitaniya) qurilmasining qanchalik muhimligi haqida gapirar ekan, Agar u ishdan chiqsa kompyuterdagi qolgan bir nechta qurilmalar ham asli sog bolsada yo'qlikka yuz tutadi. Shu gaplardan keyin Blok pitaniyani Xga qiyoslaydi.
Diqqat savol: X ni qadimgi misrcha so‘z bilan ayting.
Javobni ko'rish
Fir'avn.
28-sentabr, 2026 · 27 ta javob · 24 ta to'g'ri
Энг катта пиньята “Карнавал Круиз Лайнз” компанияси томонидан 2008 йили Филаделфияда Унинг кўринишида ясалган. Унинг ўлчамлари: бўйига 18 м, энига 7 м ва баландлиги 19 м эди. Ичида фақат ширинликлар бўлган, 3628 кг. Қизиғи, асл манбага ишонадиган бўлсак, пиньятанинг ўлчамлари ҳақиқий Унинг ўлчамларидан анча катта чиққан экан.
Савол: У деганда нима назарда тутилганини 2 сўзда ёзиб беринг.
Javobni ko'rish
Троя оти.
28-sentabr, 2026 · 33 ta javob · 26 ta to'g'ri
HBO Max servisi hozirda uning kelib chiqishi haqida “Derriga xush kelibsiz” nomli serial suratga olinayotganligini e'lon qilgan. Bunda voqealar 1960-yillarda yuz berishi aytilmoqda. U haqidagi asarning dastlabki nashri muqovasida esa ko‘lmakdagi qog‘oz kemacha tasvirini ko‘rish mumkin.
Diqqat savol: o‘sha asar nomini ayting.
Javobni ko'rish
U.
27-sentabr, 2026 · 35 ta javob · 30 ta to'g'ri
8-sentabr kuni Yelizavetta 2 vafoti e'lon qilingandan keyin ingliz tilidagi Wikipedia 15 daqiqa ichida 50 martadan ortiq tahrirlanadi. Foydalanuvchilar kiritgan o'zgarishlarning katta qismi U bilan bog'liq edi. Ingliz tilida ULAR soni 12 ta. Diqqat savol: ULARNI ikki so'zda yozib bering
Javobni ko'rish
Fe'l zamonlari.
27-sentabr, 2026 · 29 ta javob · 25 ta to'g'ri