Zakovat savoli #7006
Bu kunda insoniyat tarixidagi juda ko‘p muhim voqealar sodir bo‘lganligi haqida manbalarda bayon qilingan. Jumladan, vatandoshimiz Abu Lays Samarqandiy rahmatullohi alayh o‘zlarining «Tanbihul g‘ofilin» nomli kitoblarida Ikrima roziyallohu anhudan rivoyat qilib aytadilar: «Ushbu kuni Odam alayhissalomning tavbalari qabul qilingan, Nuh alayhissalom kemadan tushib, buning shukronasiga ro‘za tutgan, Fir'avn g‘arq etilib, Bani Isroilga dengiz yorilgan va shuning uchun ular ro‘za tutgan kundir. Sen ham o‘sha kuni ro‘za tutishga qodir bo‘lsang, albatta tutgin». Shuningdek, bu kun lug‘atda «o‘ninchi» degan ma'noni bildiradi. Diqqat savol: bu kun qaysi kunligini aniq ayting.
Javobni ko'rish
Ashuro kuni.