Zakovat savoli #7007
“Bu asar” ilk bor 1975-yil 4-sentyabrda paydo bo’lgan. Lekin odamlar Uning muallifi kimligini bilishmagan. Chunki, muallifning janjalga sababga boshqa “asari” tufayli uning nomini oshkor etish ta’qiqlangan edi. Shuning uchun, hanuzgacha “bu asar” muallifini tasavvur qilolmaymiz. Faqatgina, oradan 5 yil o’tib – aniqrog’i 1980-yilning 23-apreliga kelibgina bu sir ochiladi. Shunda ham nomini xolos, o’zini esa 1986-yilda ilk bor ko’rishga muyassar bo’lishgan. 2001-yildan esa “asar”ning davomi – ikkinchi kitobi chiqa boshlaydi. Afsuski, “asar” muallifi ham o’zgaradi. Qizig’i, bu muallifning ham kimligi uzoq vaqt hammadan sir saqlanadi. Buni qaranki, uning ham nomi oradan 5 yil o’tib – 2006-yildagina aniq bo’ladi. Diqqat savol: gap qaysi “asar” haqida ketayotganini topgan bo’lsangiz, uning ikkala muallifini aniq yozib bering.
Javobni ko'rish
Vladimir Varashilov – Boris Kryuk