Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #36015

Zakovat savoli #36015

Fayzullayev Doniyor

Jek Kirbi oʻtgan asrning 30-yillarida oʻtkazilgan safar oʻyini oldidan BU ISHNI QILMASLIK uchun tanasini 90 darajaga burib harakat qilgan edi. Bir versiyaga koʻra, BU ISHNI QILMAGAN shaxs Gustav Vegert boʻlgan.
Diqqat savol: BU ISHNI QILISH bilan almashgan uch soʻzni yozib bering?
Javobni ko'rish

Natsist salomini berish Izoh: 1934-yilda Angliyaning “Derbi Kaunti” futbol jamoasi Germaniyaga safar qilgan va u yerda bir nechta oʻrtoqlik oʻyinlarini oʻtkazgan. Bu oʻyinlar oldidan futbolchilardan natsistlar (Gitler tarafdorlari) salomini berish talab qilingan edi. Biroq Chak Kirbi bunga rozi boʻlmay, tanasini 90 darajaga burib, bu salomni berishdan bosh tortgan. Shu holat tasvirlangan mashhur surat tarixda natsist salomini rad etgan jasoratli harakat sifatida muhim oʻrin egallagan. Shuningdek, Gitler ishtirokidagi yigʻilishda salom bermagan odam sifatida mashhur boʻlgan inson aslida Avgust Landmesser emas, balki Gustav Vegert (yoki Legert) boʻlishi mumkinligi haqida ham farazlar mavjud.

Boshqa savollar