Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #6082

Zakovat savoli #6082

Ushbu uskuna ro‘zg‘orda ayollar ishlatadigan qadimgi qoʻl asbobi hisoblanib, ushbu asbobda ishlash ayniqsa qish oylarida ayollarning sevimli mashg‘ulotiga aylangan. Uning nomidan oxirgi ikkita harfni olib tashlasak dorning eng tepasida dorbozlar oʻyin koʻrsatadigan, narvonga oʻxshash pogʻonali qurilmaning nomi hosil bo‘ladi. Bir o‘zbek iborasida ushbu uskunaning nomi ishlatilib ushbu ibora oilaviy munosabatlardan bittasi allaqachon hal qilingan degan ma‘noni beradi. Diqqat savol. Ushbu iborani yozib bering.
Javobni ko'rish

Chiqqan qiz chig'iriqdan tashqarida.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar