Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #8545

Zakovat savoli #8545

Blits
1. ALFA 1005-yilda asos solingan shahar bo‘lib, nomi bir sovet filmida bosh qahramonlardan birining ro'yxatidan joy olgan.
Savol. ALFA nomini ayting.
2. Asosan bir yirik hayvon nomi bilan ataluvchi bu yulduz turkumi ko‘rinishidan BETTA ga o‘xshab ketadi. Bir sovet davrida suratga olingan o‘zbek filmida bosh qahramonlardan biri undan "dushmani"ni qo'rqitmoqchi bo‘lib ishlatgan.
Savol. BETTA ni ayting
3. Har qancha urinmasin, tuzgan savollaridan ko'ngli to'lmagan savol muallifi bir iborani eslab qo'ydi.
Savol. Blits savolligini unutmagan holda, iborani yozib bering.
Javobni ko'rish

1. Qozon (Ivan Vasilyevich) 2. Cho‘mich (Sotti) 3. Qozonda bori cho‘michga chiqadi.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar