Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #6083

Zakovat savoli #6083

Nosiriddin Rabg‘uziyning "Qissasi Rabg‘uziy" asarida Alloh taolo tomonidan Odam alayxissalomning tana vujudi bunyod etilayotgan paytda, uning vujudi hosil bo‘ladigan tuproq ustiga qirq yil yomg‘ir yog‘dirgandan keyin, hali unga jon ato etilmasidan oldin Odamning boshini Toif shahri tarafga, oyog‘ini esa Makka shahri tarafga qaratib yotqizib qo‘yilgan. Buning sababi Toif shahrining Makka shahridan ulug‘ligini ko‘rsatish bo‘lmagan, bunda boshqa bir amaliy maqsad ko‘zda tutilgan.
Diqqat savol: O‘sha amaliy maqsadni nimaligini ayting.
Javobni ko'rish

Bu ishdan ko‘zlangan amaliy maqsad qachonki Odamga jon ato etilib o‘rnidan turgan paytda dastlab u Makka tarafga qarashi, Makkaga yuzlanishi nazarda tutilgan

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar