Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37867

Zakovat savoli #37867

Zakovat sandiqchasi olib chiqilsin!
Yoz. Yomg'ir yog'ib o'tdi. Bir inson o'z hovlisida toza havodan nafas olib, to'p o'ynayotgan bolaga maroq bilan tikilmoqda. Xuddi shu holat keyinchalik sandiqcha ichidagining paydo bo'lishiga sababchi bo'lgan.
Diqqat savol: Sandiqchada nima bor?
Javobni ko'rish

Sharikli ruchka! Izoh: To'p ko'lmakka tushadi va uni o'ynashda davom etishganda u quruq yerda iz qoldira boshlaydi. Kuzatuvchi inson mashhur Laslo Biro edi!

Boshqa savollar