Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37868

Zakovat savoli #37868

Mumtoz adabiyotda yorning og'zi va beli qancha kichik bo'lsa, u shuncha go'zal ekanini anglatadi. Shu bois og'iz nuqtadan, bel qildan nozik qilib ta'riflanadi.
Bir kuni Navoiydan: "Yoringizning og'zi va belini ta'riflang-chi", - deb so'rashibdi. Shunda Navoiy sezilar-sezilmas bu a'zolar ta'rifini bir jumla bilan boshlabdi. Qulog'imizga tanish bu jumlaning o'zi so'rovchilarga yetarli bo'libdi, ta'rifni davom ettirish shart emas deyishibdi.
Shu jumla - ?
Javobni ko'rish

"Bir bor ekan, bir yo'q ekan" Savoldagi "sezilar-sezilmas", "boshlabdi" so'zlari ilgak edi. "Sezilar-sezilmas" - bir sezilar, bir sezilmas ekan; "Boshlabdi" - ertaklar shunday boshlanadi. Bu jumla ertaklar boshlanmasi sifatida qulog'imizga tanish.

Boshqa savollar