Zakovat savoli #36816
Simfonik orkestrlar ijrosidagi konsertlarga kirganmisiz? Agar kirgan boʻlsangiz, bu oddiy savolni topishingiz juda ham oson. Bunday konsertlar inson va uning psixologiyasi uchun juda ham foydali! Ular insonni tinchlantiradi va quloqlarga dam beradi! Depressiyani davolashda yordam beradi. Orkestrlar ijrosida yoki umuman koʻp qismli asarlar ijro etilganda esa qoʻshtirnoq ichidagi bir qiziqarli voqeaga duch kelish mumkin. Asosan bizda! Boshlovchi har safar koʻp qismli asarlar ijrosi boshlanishidan oldin, muxlislardan asar qismlari orasida undan "foydalanmaslikni" soʻraydi, man etadi, iltimos qiladi! Afsuski muxlislarning undan foydalanishi har safar kuzatilaveradi!
Diqqat savol; boshlovchi asar qismlari orasida nimadan foydalanishni qat’iyan man etadi?
Diqqat savol; boshlovchi asar qismlari orasida nimadan foydalanishni qat’iyan man etadi?
Javobni ko'rish
Qarsak! 👏 Izoh: Koʻp qismli asarlarning, qismlar orsida kichik (15-20 soniya) tanaffus boʻladi. Tabiiyki koʻp muxlislar asar tugadi deb oʻylab qarsak chalishga oʻtishadi, bu esa ijrochilarga xalaqit beradi, musiqaning yaxlitligiga ta’sir koʻrsatadi! Shu sababli boshlovchichalar koʻp kismli asarlar orasida qarsak chalmaslikni soʻrashadi!