Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #36815

Zakovat savoli #36815

Doniyor Fayzullayev

Savol matnida 2 oʻrinda 1 soʻzdan bir necha harflar tushirib qoldirilgan.
Terri Pratchettning 30 dan ortiq romanini tadqiq qilgan bir guruh tadqiqotchilar shunday xulosaga kelganki, uning umrining so‘nggi 10 yilida yozgan asarlaridagi leksik xilma-xillik kamaygan va matnlar soddalashgan. Tadqiqotni sharhlaganlardan biri yozuvchini “teskari ERON” deb atagan. ERON 1959-yilga oid asarning qahramoni hisoblanadi.
Diqqat savol: Ushbu asar nomini yozib bering?
Javobni ko'rish

Eljernonga atalgan gullar Izoh: Asarda doktor Shtrauss va doktor Nemur aql darajasini jarrohlik yo‘li bilan oshirish bo‘yicha tajriba o‘tkazadilar. Avval bu operatsiya Eljernon nomli sichqonchada muvaffaqiyatli sinab ko‘riladi, so‘ngra olimlar uni insonda ham qo‘llashga qaror qilishadi. Yozib-o‘qishni o‘rganishni juda istagan Charli ushbu tajribada ko‘ngilli sifatida qatnashadi. Asar Charlining boshidan kechirganlari haqida yozgan hisobotlari shaklida beriladi. Uning aqli o‘sgani sari matnning imlo, tinish belgilari va uslubiy sifati ham takomillashib boradi. Operatsiya natijasida Charlining intellekt koeffitsiyenti 68 dan 200 gacha oshadi. U yozgan hisobotlarda bo‘lib o‘tgan voqealarni yangicha anglay boshlayotgani, va ilgari do‘st deb hisoblagan hamkasblari aslida uni masxara qilganini tushunib yetgani haqida so‘zlaydi. Shuningdek, u o‘ziga o‘xshash taqdirga ega yagona mavjudot — Eljernonga mehr qo‘yadi va u bilan do‘stlashib qoladi Ya'ni: Asarda fikrlash darajasi koʻtarilganligini koʻrsak, yozuvchida esa tushishini koʻramiz.

Boshqa savollar