Zakovat savoli #3645
O‘tgan asrning birinchi yarmida oziq-ovqat yetishmovchiligi oldini olish maqsadida ekinlar hosilini oshirishga katta urg‘u berilgan. Bu borada ko‘plab kimyogarlar samarali o‘g‘it ishlab chiqarish yo‘llarini qidirishgan. Ayniqsa laboratoriya sharoitida sintetik o‘g‘it topishga ko‘p urinishgan. Pol Offit ocharchilik balosiga davo bo‘lishi mumkin bo‘lgan bunday sun’iy o‘g‘itni X ga qiyoslaydi. Ba’zi versiyalarga ko‘ra X Turin shahrida, Bibi Maryam ibodatxonasi atrofida joylashgan.
Diqqat savol: X ni bir necha so’zda yozib bering?
Diqqat savol: X ni bir necha so’zda yozib bering?
Javobni ko'rish
Muqaddas Graal kosasi