Zakovat savoli #34839
Har yili 15-avgust va 15-noyabr oralig'ida butunlay o'zgacha tungi Nyu-Yorkning guvohi bo'lishingiz mumkin ekan. Bu davr oralig'ida shahar hokimining taklifiga ko'ra osmono'par binolarning tunda chiroy uchun yoqiladigan chiroqlari va barcha katta ahamiyat kasb etmaydigan yoritish moslamalari o'chirib qo'yiladi.
Savol: Aytingchi bunday choralar qanday xayrli maqsadni ko'zlangan holda amalga oshiriladi?
Savol: Aytingchi bunday choralar qanday xayrli maqsadni ko'zlangan holda amalga oshiriladi?
Javobni ko'rish
Migratsiya qilayotgan (ko'chmanchi) qushlarni chalg'itmaslik uchun. Izoh: Chiroqlar qishlash uchun ko'chib ketayotgan qushlarni chalg'itadi, buning oqibatida minglab qushlar halok bo'ladi. Kunduzi qushlar quyoshga (yoki boshqa samoviy belgilarga) qarab yo'nalish olishsa, tunda yulduzlarga qarab mo'ljal olishadi.