Zakovat savoli #1154
Inson zoti turli ko‘rinishdagi qo‘rquvlar – fobiyalardan aziyat chekadi. Masalan, akrofobiya – balandlikdan qo‘rqish, tanatofobiya – o‘limdan qo‘rqish, araxnafobiya – o‘rgimchaklardan qo‘rqish, klaustrofobiya – tor yoki masofa cheklangan joylardan qo‘rqish va hokazo. Fobiya turlaridan yana biri penterafobiya hisobalanib, asosan, Sharqdan, jumladan O‘zbekistonda ham keng tarqalgan holatdir. Bu holat odatda ayollar bilan sodir bo‘ladi va turli latifalarga ham mavzu bo‘lib kelmoqda. 1978-yilda ekranlarga chiqqan komediyada esa Inara Guliyeva yaratgan obraz penterefobiyadan aziyat chekmagani aniq.
Savol: Penterafobiya nima ekanligini ikkita bir xil harflar bilan boshlanuvchi so‘zlar bilan izohlab bering!
Savol: Penterafobiya nima ekanligini ikkita bir xil harflar bilan boshlanuvchi so‘zlar bilan izohlab bering!
Javobni ko'rish
Qaynonadan qo‘rqish!