Zakovat savoli #36016
Fayzullayev Doniyor
Rus-yapon urushi boshlanishidan oldin tomonlar bir-biriga tahdid qilgan boʻlsalar-da, qarshi tomonda qanday qurollar borligini aniq bilishmagan. O‘sha davrda chizilgan bir karikatura sarlavhasida keltirilgan, kelib chiqishi gollandcha boʻlgan qisqa soʻzni javob kartalaringizga yozing bering?

Javobni ko'rish
Blef Izoh: Rus-yapon urushi arafasida har ikki tomon bir-birini qo‘rqitishga harakat qilgan, ammo hech biri raqibning aniq harbiy kuchini bilmagan. Bu vaziyatni ifodalovchi karikaturada Rossiyani timsol qilgan ayiq va Yaponiyani ifodalovchi tulki poker stoli atrofida o‘tirgan holda tasvirlangan. Karikaturaning sarlavhasi esa quyidagicha edi: “Qani, u blef qilyaptimi?” — bu poker terminidir. Agar o‘yinchi o‘zining kartalari raqibnikidan kuchli emasligiga qaramay, kuchli harakat qilsa, bu “blef” deb ataladi.