Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #36017

Zakovat savoli #36017

Fayzullayev Doniyor

Bir film qahramoni Sitsiliyani IKS bilan taqqoslaydi. Hozirgacha saqlanib qolgan eng qadimiy IKS esa Stirling shahridagi muzeyda namoyish etilmoqda.
Diqqat savol: IKS bilan almashgan ikki so‘zni toping?
Javobni ko'rish

Futbol to‘pi Izoh: Apennin yarimoroli (Italiya) xaritada etik shakliga o‘xshaydi. Film qahramoni esa Sitsiliya orolini xuddi etik bilan tepishga tayyor turgan futbol to‘piga o‘xshatadi. Shuningdek, Shotlandiyaning Stirling shahridagi muzeyda saqlanayotgan eng qadimiy futbol to‘pi hozirgacha saqlanib qolgan. Bu futbol to‘pi aynan futbol vatani — Buyuk Britaniyada joylashgan muzeylardan birida namoyish etilmoqda.

Boshqa savollar