Zakovat savoli #36014
Fayzullayev Doniyor
Aleksandr o‘z xotiralaridan birida urush yillarida, turnirlar boshlangan paytda elektr toki o‘chirilganligi, hatto shamlar ham yo‘qligi haqida yozadi. Bunday hollarda raqiblar navbatma-navbat gugurt yoqishlari kerak boʻlgan. Ushbu vaziyatda gugurtlar IKS rolini bajargan. "Echo" deb nomlangan maxsus ishlab chiqilgan IKS modeli esa minigarnituralar bilan jihozlangan.
Diqqat savol: IKSni ikki so'zda yozib bering?

Javobni ko'rish
shaxmat soati Izoh: Raqib shaxmatchi o'z harakati haqida o'ylayotganda, Aleksandr gugurt yoqib qo'yardi va gugurt oxirigacha yonib tugasa, bu o'ylash vaqti tugaganini bildirardi. Raqib ham shu holatda davom etadi. Bu ketma-ketlik gugurtdan shaxmat soati sifatida foydalanishga o'xshatilgan. Ko‘zi ojiz insonlar uchun ishlab chiqarilgan “Echo” nomli shaxmat soatlari tugmani bosish orqali qolgan vaqt haqida ovozli ko‘rinishda ma’lumot beradi.