Zakovat savoli #929
Buyuk Britaniyani Brexit tufayli ko'plab muammolar girdobida qolishi mumkinligi, jumladan Yevropolning ma'lumotlar ba'zasidan foydalana olmaslik oqibatida jinoyatchilik oshib ketishiga bag'ishlangan "The Economist" jurnalidagi maqola Brexit Britaniyani X ga aylantirib qo'yishi mumkinligiga ishora qiladi va maqola ham X nomi ostida chop etiladi. Boshqa bir X esa, 1995-yilda yaratilgan bo'lib, 2022-yil 28-sentyabr kuni Britaniyada Top-5 likka qaytadi. Diqqat savol: Siz X o'rnidagi ikki so'zni istasangiz orginalida, istasangiz o'zbekcha yozib bering
Javobni ko'rish
Gangsta's Paradise/ Gangsterlar jannati