Zakovat savoli #34964
Ular hayotning katta qismini san'atga baxshida qilishdi, deyish mumkin. Biroq hayot murakkab sinovlarni hozirlab turadi. Ular ham yuzga kelgan qiyinchiliklar tufayli san'atni tashlab bozorga chiqishga majbur bo'lishdi. Yillar o'tdi, bozordan, mashinalar shovqinidan charchagan ko'ngil orom olgisi keldi va bir yilcha rasman dam olishdi. Ularning taqdiri va bosib o'tgan yo'liga nazar solib, beixtiyor xalqimizning ot bilan bog'liq maqoli esga tushadi.
Savol: Ularni 3 so'zda ayting?
Savol: Ularni 3 so'zda ayting?
Javobni ko'rish
"XALQLAR DO'STLIGI" monumenti Izoh: Monument 1982-yildan buyon "XALQLAR DO'STLIGI" san'at saroyi oldida turgan, keyinchalik 2008-yilda "OTCHOPAR" va "ABU-SAXIY" bozorlari tarafga, yo'l yoqasiga o'rnatilgan. 2017-yil may oyida "DO'STLIK" istirohat bog'iga ko'chirildi va bir yilga yaqin bog'da turgach, yana o'zlarining avvalgi joylariga qaytarildi. O'zbeklarda ot aylanib, o'z qozig'ini topadi, degan maqol ham bor.