Zakovat savoli #34965
Belgiyada "bunday" soat tsiferblatida quyidagi sonlar joylashgan bo'lgan: 40.3, 80.6, 121, 161, 201, 242, 282, 322, 363, 403, 443, 484. Ko'rinishi sekundomer yoki taymerni eslatgan. Nima maqsadda bunday "soatlar" Belgiyada chamasi 20 yillar avval ishlab chiqarilganini yozib bering?
Javobni ko'rish
Belgiya franklarini Evropa valyutasi Yevroga qulay o'tkazish uchun, 1-40.3, 2-80.6,..., 12 yevro bu 484 frankka teng qiymat.