Zakovat savoli #34963
XX asr 80-yillarda Toshkent shahrida yangi ishlab chiqarish kompleksi ishga tushiriladi. Unga zamonaviy, asr yutuqlariga mos ravishda nom berilsa markazdagilarga yoqib tushar edi, albatta. Ammo, o'tmishimizga yuksak hurmatda bo'lgan Sharof Rashidov mazkur ob'ektni shunday nomlaydiki, bu nom markazga ham, aholiga ham ma'qul bo'ladi.
Savol: Ushbu ob'ektga qanday nom berilgan?
Savol: Ushbu ob'ektga qanday nom berilgan?
Javobni ko'rish
"ALGORITM" Izoh: Mazkur zavod 1982-yilda qurilgan va radiotexnika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. 1980-yillarda elektron hisoblash mashinalari ommalashayotgan davr edi. Ma'lumki, "ALGORITM" so'zi Al-Xorazimiyning yevropacha talqinidir.