Zakovat savoli #2707
Birinchi marta bu ish 1921-yilda amalga oshirilgan. Uesli Mey ismli odam “Lincoln Standard” dan “Curtiss Jenny” ga amallab o‘tib oladi. Uning yelkasida maxsus kanistr bor edi. Shu tarzda bu ish amalga oshirilgan. 2 yil o‘tib endilikda zamonaviy va bundan xavfsizroq tarzda bu ishni amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan. Diqqat savol: gap qaysi ish haqida ketayotganini aniq yozib bering?
Javobni ko'rish
Parvoz vaqtida yonilg‘i quyish