Zakovat savoli #26773
Ushbu surishtiruv jarayonlari 1919-yil fevral oyida bo'lib o'tgan. Surishtiruvga Zuhrobegim, Qamarniso , Saboxat , Shamsiddinlar jalb qilinib, obdon so'roqqa tutilgan. Barcha guvohlarga bir xil savol berilgan, lekin turilcha javoblar olingan. Sizlardan guvohlarni aynan kim so'roq qilganini so'rab o'tirmaymiz, bizga ushbu surishtiruv jaroyanlariga rasman qanday nom berilganini ayting?
Javobni ko'rish
“Go‘zal” Izoh: Zuhro – eng yorug‘ yulduz, Qamar – oy, Sabo – shamol, Shams – quyosh. 1919 yil fevral oyida yozilgan Cho‘lponning "Go‘zal" she’rida yulduz, oy, shamol va quyosh shoir tomonidan so‘roqqa tutiladi. Darvoqe, eng yorug‘ yulduzni Zuhro bilan bir qatorda, Cho‘lpon yulduzi ham deyishadi. Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen