Zakovat savoli #26772
Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan 2017-yili chiqarilgan global hisobotda butun dunyoda 40 million inson "zamonaviy qullik" jabrlanuvchisi ekanligi ma'lum qilindi. Shundan 25 millioni majburiy mehnatga jalb qilingan, qolgan 15 million esa IKS qurboni ekanligi aytiladi. Insoniyat tarixidan ma'lumki, IKS ning tinchlik sulxi, barter, xadya kabi o'nlab turlari bo'lgan. Xotirangizni ishga soling va ayting, qaysi kimyoviy birikma IKS ni aniqlash indikatorlaridan biri bo'lib xizmat qiladi?
Javobni ko'rish
NaCl Qabul: natriy xlor Izoh: gap majburiy nikoh haqida ketmoqda edi. Qadimdan tinchlik sulhining garovi sifatida bosqinchilarga qiz yoki singillari turmushga berilgan, biror moddiy manfaat evaziga qizlar barter yoki hadya qilingan.