Zakovat savoli #963
Bu yevropalik inson o`smirlik paytida naynov, uzun qo`l-oyoqli, ozg`in bo`yinli, beo`xshov burunli ko`rinishga ega edi. O`zining bunday xunuk ko`rinishiga qaramasdan keyinchalik Qirollik teatriga qabul qilindi va ikkinchi darajali rollarni ijro eta boshladi. Hatto qirol Frederik VI unga davlat hisobidan Elsinyordagi maktabda o`qish imkoniyatini taqdim etgan. Diqqat savol: Bu inson kimligini yozib bering!
Javobni ko'rish
Hans Kristian Andersen!