Zakovat savoli #5910
Novda" filmining epizodlaridan birida, bosh qahramonlar oʻqiydigan sinfda nazorat ishi olinadi. Sinfdagi eng aqlli oʻquvchi boʻlgani uchun Rashiddan hamma koʻchirishi tabiiy edi, shuning uchun uning partasi alohida qilib ajratib qoʻyiladi. Shunga qaramay Dilshoda Rashidga oyna uzatadi va oynadagi aksiga qarab javoblarni koʻchirib oladi. Oʻz-oʻzidan maʼlumki, oynadagi teskari javoblarni koʻchirgan barcha oʻquvchilar yomon baho olishadi. Savol muallifining fikricha, agar Dilshoda Rashidning javoblarini toʻgʻri oʻqiy olganida 1790-yilda tugʻilgan fransuzga oʻxshagan boʻlar edi.
Savol: Oʻsha fransuzning familiyasini yozib bering?
Savol: Oʻsha fransuzning familiyasini yozib bering?
Javobni ko'rish
Shampolyon