Zakovat savoli #9196
1906-yilda AQSh prezidenti Ruzvelt “Axlat tituvchi” (muckraker) iborasini ularga nisbatan o‘ylab topadi. Bu so‘z, ingliz yozuvchisi Jon Bunyaning “Ziyoratchining safari” asaridagi adabiy qahramon Haskash ko‘targan odamga taqliddan olingan edi. Eng mashxur “Axlat tituvchi”lardan biri Ayda Tarbell bo‘lsa kerak. Uning 1904 yilda yozilgan “Standart Oil kompaniyasi tarixi” kitobi jamoatchilik fikrini Rokfeller va uning biznes manfaatlariga qarshi tomnga o‘zgarishi hamda 1911 yilda ushbu kompaniyaning parchalanishida muhim rol o’ynadi. Yana bir “axlat tituvchi”lardan biri Lui Brendays esa AQSh prezidenti Vudro Vilson tomonidan oliy sud sudyasi etib tayinlangan edi.
Diqqat savol “Axlat tituvchi” iborasi kimlarga qo‘llanilganligini yozib bering.
Diqqat savol “Axlat tituvchi” iborasi kimlarga qo‘llanilganligini yozib bering.
Javobni ko'rish
Jurnalistlar