Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #9195

Zakovat savoli #9195

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi Saymon Kuznes o‘zining mashhur mulohazasini bayon qilgan. Unga ko‘ra, Dunyoda 4 xil mamlakat bor: bular, rivojlangan, rivojlanmagan, Y va X Kuznes bunday fikr bildirishining boisi shundaki, Y 20-asr boshlarida eng nochor va kambag‘al davlatlardan biri edi, lekin bugunga kelib dunyo mamlakatlari orasida kuchli iqtisodiyotga ega. X esa 20-asr boshlarida dunyo mamlakatlari orasida qudratli iqtisodiyotga ega bo‘lgan bo‘lsa, noto‘g‘ri siyosiy va iqtisodiy qarorlar tufayli 70-80 yillarga kelib butunlay tanazzulga uchragan.
Diqqat savol: Siz bizga Y va X ni yozib bering.
Javobni ko'rish

Yaponiya va Argentina

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar