Zakovat savoli #8365
1518-yilning yozida Fransiyaning Strasburg shahri ko‘chalari kulgi va musiqa sadolari bilan to’lib toshdi. Odamlar bayram nishonlashar va shahar anchagina gavjum edi. Ammo keyinchalik g’alati bir HOLAT yuz berdi.
Frau Troffea ismli ayol tomonidan boshlangan bu HOLAT butun shahar bo’ylab tarqalib bir necha o’nlab va keyinchalik yuzlab odamlarni o’ziga ergashtirdi. Bu o’ziga xos “kasallik” shaharning badavlat savdogarlaridan tortib, kamtar dehqonlarigacha bo‘lgan barcha qatlamlarni qamrab oldi. Kasallanganlar ko'chalarda, uylarida va hatto ibodatxonalarda ham shu holatda edi. Ularning ko’plari vafot etdi. Shahar ma’muriyati bu o’ziga xos KASALLIKNI shaytonning hiylasi yoki Xudoning la’nati deb baholadi. 1518-yilning sentabr oyiga kelib bu qanday boshlangan bo’lsa to’satdan tugadi. Kasallanganlarni esa yaqin atrofdagi Savern shahridagi ziyoratgohga olib borishdi va u yerda Xudodan kechirim so‘rab duo qilishdi. Bu o’ziga xos “kasallik”dan 400 ga yaqin odam halok bo’ldi. Bu g’alati epidemiya tibbiyot yilnomalari va arxiv hujjatlarida ham tasdiqlangan.
D/S: Yuqoridagi HOLAT yoki o’ziga xos KASALLIK nomini o’zbekcha 2 so’zda yozib bering.

Javobni ko'rish
“Raqs vabosi” yoki “Raqs o’lati”