Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #10330

Zakovat savoli #10330

“Breaking Bad” yani “Egrilik sari” serialining bosh qahramoni – o‘pka saratoniga chalingan kimyo fani o‘qituvchisi. Serial davomida qahramon jinoyat olamiga kirib borar ekan, uning faoliyati atrofidagilarga ham salbiy ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Ushbu serialning Kolumbiyada olingan remeyki posterida, originaldan farqli o‘laroq, Brom va Bariy elementlarini emas, Margimush va Tantal elementlarini ko‘rish mumkin.
Diqqat savol: Ushbu remeyk nomini yunonchadan kelib chiqqan so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Metastazlar.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar