Zakovat savoli #8227
Savol matnidagi bir so‘zdan bir nechta harflar tushib qolgan.
Muhammad Yusufning she’ridan parchani tinglang:
O‘y yomon, o‘y yomon qiynar odamni,
Ilondek yurakni kemirar mal’un.
Urushdan chalajon qaytgan otamning,
Qirq yilki tilidan tushmas ALI.
Ota, qo‘ying deyman, otajon qo‘ying,
Umringiz o‘tmoqda kimga ishonib?
Temir kosov bilan ko‘zimni o‘ying,
Faqat iltimos, gapirmang o‘shani.
Savol: Savol matnida harflari tushib qolgan atoqli otni asl holida yozib bering.
Muhammad Yusufning she’ridan parchani tinglang:
O‘y yomon, o‘y yomon qiynar odamni,
Ilondek yurakni kemirar mal’un.
Urushdan chalajon qaytgan otamning,
Qirq yilki tilidan tushmas ALI.
Ota, qo‘ying deyman, otajon qo‘ying,
Umringiz o‘tmoqda kimga ishonib?
Temir kosov bilan ko‘zimni o‘ying,
Faqat iltimos, gapirmang o‘shani.
Savol: Savol matnida harflari tushib qolgan atoqli otni asl holida yozib bering.
Javobni ko'rish
Stalin