Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #1424

Zakovat savoli #1424

Diqqat savolda, BU ISHNI QILISH so’zlari bir nechta so’zni almashtirib keladi.
1970-80 yillarda Yaponiyada Kutisake-Onna ismli yosh bolalarni pichoq bilan o’ldiradigan yovuz ayol ruhi haqida afsonalar ommalashadi. Aytishlaricha, u xiyonatda gumon qilinib yuzi badbashara qilingan va eri tomonidan o’ldirilgan, endi esa qasosga shaylangan ayol ruhi ekan. U odatda, ko’chada bolalarni to’xtatar, ulardan chiroylimanmi deb so’rar, yo’q degan javob olsa o’ldirar ekan. Agar ha degan javob olsa, u holda yuzidagi niqobni yechar va savolni takrorlar ekan. Salbiy javob olsa o’ldirar, ijobiy javob olsa BU ISHNI QILAR ekan. 1869 yilgi romanda esa BU ISH komprachikoslar tomonidan qilinadi. X haqidagi Wikipedia maqolasida Kutisake-Onna va yuqorida aytilgan romanga havola berilgan. Diqqat savol: X ni toponim qatnashgan ikki so’zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Glazgo tabassumi

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar