Zakovat savoli #7882
Abdulla Qahhor o'z asarlaridan birida Unga 'ufqda kiprik singari ko'rinib turadi' deb ta'rif bergan. Mashhur o'zbekiston xalq shoirining ilk she'riy to'plamining nomida ham Uni ko'rishimiz mumkin. Said Ahmadning ta'riflashicha, Oy yalang‘och novdalar orasidan o‘tguncha beti timdalangandek horib-charchab Uning uchiga chiqib oladida, qimirlamay turib qoladi. Ma'lumotlarga ko'ra, xalq orasida Uning uzunligiga nisbatan olingan o'lchov birligi ishlatilgan . Savol. Uni yozib bering
Javobni ko'rish
terak