Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #26991

Zakovat savoli #26991

Bir yigitning otasi vafot etibdi. Yonida domla bo‘lganligi sababli o‘gil otasi bilan vidolashishga kirmabdi. Domla farzand oldiga chiqib otangiz vafot etdi oldiga yuring sovumasdan kiyimlarini yechib jag'larini bog‘lab qoyaylik deganda farzand yo'q qo'rqaman deb kirmabdi. Domla bunga ham rozi bo'lib hammasini o'zi bajaribdi. Hammasini qilib bo'lib domla chiqib ketayotsa o‘gil domladan bir ishni iltimos qilibdi. Bu gapni eshitgan domla farzandga qarab "Tog‘ni talqon qilsang topolmaydigan tillodan ayrilding, 7 qavat yerni kovlab chiqara olmaydigan oltindan ayrilding" ko'nglingga shu narsa sig'dimi deb chiqib ketadi. Diqqat savol farzand domladan qanday ishni iltimos qilgan edi?
Javobni ko'rish

Otamni og‘zida 4 ta tilla tishi bor edi shuni olib bera olmaysizmi degan

Boshqa savollar