Zakovat savoli #7655
Bir maqolaga ko‘ra bu voqea Xurosonda temuriylar saltanatining yakuniy tanazzuliga asosiy sabab bo‘lgan. Shundan keyin temuriy ota-o‘g‘il, aka-ukalar o‘rtasida ziddiyatlar kuchayib, yakunda hudud shayboniylar tomonidan egallab olingan. Bu voqea haqidagi Abdulla Oripov she'rida esa Hazrat Navoiyning nazari tushgani, g‘unchadek qalbida oh uvishgani va mayparast boboning qaddi bukilgani aytib o‘tilgan. Savol: bu voqeani dastlabki 2 so‘zi bir xil harf bilan boshlanadigan 3 so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish
Mo‘min Mirzoning o‘ldirilishi.