Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #7619

Zakovat savoli #7619

“Toshkent”ning kulini ko‘kka sovurmoq,
O‘zbek yigitiga yarashadimi?
Ayniqsa “Toshkent”li bir shaharparast,
Shahrini chekishga tirishadimi?
Komil Aliyevning 1927 yil 12 oktabrda "Qizil O‘zbekiston" gazetasida chop etilgan maqolasida Cho‘lponning yuqoridagi to‘rtligi tahlil qilingan.
Savol. Cho‘lpon bu to‘rtligi bilan nimaga noroziligini bildirmoqchi bo‘lgan?
Javobni ko'rish

Sigaretaga "Toshkent" nomi berilgani va uni yigitlar sevib chekayotganidan iztirobi namoyon etilgan.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar