Zakovat savoli #12976
Qadimgi yunonlarda paydo bo‘lgan jangchilar safi – falanga haqida darsliklardan tanish bo‘lsangiz kerak. Falanga bir qo‘lida nayza, ikkinchi qo‘lida qalqon ushlab turgan jangchilardan iborat bo‘lib, har bir jangchi yonidagi safdoshini jang paytida himoya qilib turgan. Safni buzmasdan yurishlik falanga uchun muhim bo‘lgan. Buning uchun esa bir shart bajarilishi kerak edi. Hozirgi zamonda bu shart maktab davridan nafaqat o‘gil bolalarga, balki qizlarga ham tanish.
Savol: Bir turdagi darsda o‘qituvchi doimiy talab qilgan qanday shart?
Savol: Bir turdagi darsda o‘qituvchi doimiy talab qilgan qanday shart?
Javobni ko'rish
Bolalar bo‘yiga qarab saflanish.