Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #5546

Zakovat savoli #5546

Afsonaga ko'ra, Gordiy tugunini yecha oladigan odam butun Osiyoning hukmdori bo'ladi, deb ishonilgan. Miloddan avvalgi 334-yilda Frigiya poytaxti Aleksandr Makedonskiy tomonidan bosib olinadi. Qadimgi tarixchilarning aksariyati yosh jangchining qadimiy ibodatxonaga kirib, ulug'langan tugunni diqqat bilan ko'rib chiqqani va uni yechish o'rniga, qilichi bilan bir zarbada kesib tashlaganini aytishadi. Bir maqolada Makedonskiyning gordiy tugunini kesib tashlashi unga misol bo'lishi haqida aytib o'tilgan. Diqqat savol Uni atoqli ot qatnashtirgan holda 2 so'z ayting!
Javobni ko'rish

Okkam ustarasi

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar