Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #5545

Zakovat savoli #5545

1981 yilda Italiyaning Merano shaxrida Sobiq Ittifoq bayrog’i ostida Anatoliy Karpov va Shveytsariya bayrog’i ostida Viktor Korchnoy o‘rtasida shaxmat toji uchun match bo‘lib o‘tadi. Shartga ko‘ra o‘yin bir ishtirokchi 6 ta yutuqqa erishguncha davom qilishi kerak edi. Matchda dastlabki 4 partiyadan keyin 3:0 hisobida Karpov oldinga chiqib oladi. Shunda tashkiliy komitet raisi, Zigfrid Unterberger shaxsan Karpovga oson g’alabalar uchun norozilik bildiradi. Ma’lum bulishicha bu norozilikka Angliya va Germaniya aloqador bo‘lib chiqadi.
DIQQAT SAVOL: Zigfrid Unterberger e’tirozining Angliya va Germaniyaga qanday aloqasi borligini yozib bering.
Javobni ko'rish

(O’yin efiri) match translyatsiyasi.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar