Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #5506

Zakovat savoli #5506

Savolda bu ishni qilish 1 so’z bilan almashtirilgan.
Ko'p xalqlarda BU ISHNI QILISH qo'pol deb hisoblansa-da, Keniyaning Masai qabilasida bu salomlashish va hurmat ko'rsatishning odatiy usuli hisoblanadi. Qabila a'zolari yangi tug'ilgan chaqaloqlarga yoki hatto yangi kelinga ham duo qilish va ularga omad keltirish uchun BU ISHNI qilishadi. Aslida bizning xalq orasida ham BU Ishni qilish kishini omadli bo’lib ketishiga sabab bo’ladi mazmundagi hazillarni eshitgan bo’lishingiz mumkin. Yaqinda shu hazillarni chin qabul qilgan bir o’zbek mulozimi BU ISHni qilgani videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketishi ortidan keskin muhokamalarga sabab bo’lgandi.
Savol: BU ISHni qilish o’rnidagi so’zni yozib bering
Javobni ko'rish

Tupurish

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar